Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo'yicha dars ishlanmalari taqdimoti

Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo'yicha dars ishlanmalari taqdimoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Tinglovchilarning turli pedagogik texnologiyalar bo'yicha dars ishlanmalari taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ta'lim metodlarini tanlash. 2. Dars ishlanmalarini yaratishga qo'yilgan talablar. 3. Dars ishlanmalari yaratish va taqdimotini o'tkazish. 4. Darsni tahlil etish texnikasi. Ta'lim metodlarini tanlash Ta'lim jarayonida foydalanilishi samara beruvchi interfaol asosidagi metodlarni tanlash vaqtida hisobga olish lozim bo'lgan ayrim jihatlarni ko'rib chiqamiz. Metod tanlash nafaqat o'quv maqsadidan, balki o'quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog'liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda O'quvchilarning soni, ularning O'quv imkoniyatlari, ta'limning davomiyligi, O'quv-moddiy sharoitlar va O'qituvchining mahoratiga va o'rganuvchilarni ehtiyojlariga bog'liq. O'quv-moddiy sharoitlari Ba'zi metodlarni qo'llashda alohida sharoitlar talab qilinmaydi: kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnit doskasi, maxsus jihozlangan xona va h.k. Agar Siz, maxsus o'quv-moddiy sharoitlar talab qiladigan metodlardan foydalanmoqchi bo'lsangiz, ularning naqdligini ta'minlashingiz kerak. Ta'lim vositalari Ta'lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko'p jihatdanta'lim vositalari bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liq bO'ladi. Ta'lim vositalari oltita turga bo'linadi: matnli vositalar; tasvirli vositalar; audio vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; real vositalar. Ma'lumot olish va ma'lumotlarni qayta ishlash O'quv dasturlari maxsus adabiyot (darslik) tarqatma materiallar imtihon va nazorat varaqalari Tasvir va matnni yozish va saqlash doskalar (oq doska, magnit doskasi); «Pinbord» doskasi; videoproyektorlar, videoproyektor doskasi; kodoskop; videomagnitafon, kamera; kompyuter; flipchartlar. Flipchart doskasi Flipchart doskaga juda O'xshashligiga qaramasdan, ko'pgina farqlar ham mavjud. Flipchartning eng asosiy qulayligi - bu matnni o'chirmasdan yozib ketaverish imkoniyatining borligi, ya'ni joy yetishmasligidan yozilgan yozuvlarni o'chirishga hojat yo'q, faqat yetarlicha qog'oz bo'lishi talab etiladi. Shunday qilib, barcha fikr-mulohazalarni saqlash mumkin, hatto bir necha haftalik tanaffusdan sO'ng bu qog'ozni yana osib qO'yish va munozarani davom ettirish mumkin. Flipchartning boshqa qulayligi sinfdagi devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini yopishtirish imkoniyati hisoblanadi. Butun guruh ishining natijalarini bir paytda kO'rish, taqqoslash va saqlab qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yO'q. Flipchartdan nima maqsadda foydalaniladi? 6. guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi tadbirlarda ishlatish uchun; 7. jarayonning bosqichlarini ko'rsatish uchun; 8. taqdimotni tashkillashtirish uchun; 9. turli masalalar bO'yicha asosiy qismlarini ajratib kO'rsatish uchun. Flipchartning boshqa qulayliklari: 10. doskani boshqa joyga siljitish mumkinligi; 11.foydalanishning qulayligi; 12.O'zgaruvchanligi (varaqlarni olib qO'yish va yopishtirib qO'yish mumkin); 13. turli ranglardagi markerlardan foydalanish mumkin, bu O'z navbatida O'quvchilarning diqqatini jalb etishga yordam beradi. Dars ishlanmasini yaratish. O'quv jarayonini loyihalashtirish Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, O'qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. yangi pedagogik texnologiyalarni xislati shundaki, unda qo'yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. darhaqiqat, mashg'ulotlarning muvaffaqiyatli o'tishining 80 % ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalashtirish,tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liqdir.O'quv jarayonini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.61 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.61 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga