Mavzu:to'garak mashg'ulotlarida pedogogik texnologiyalarni qo'llash usullari O'quvchilarni bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashkil qilashda sinfdan tashqari ishlarning turlaridan biri bo'lgan to'garak mashg'ulotlari o'quvchilar hayotida muhim ahamiyatga ega. To'garak mashg'ulotlarida ularning ijodkorlik qobliyatlari yanada rivojlanadi Maktablarning ish tajribasida turli-tuman to'garaklar uchraydi. O'quv fanlari bilan bog'liqliq nuqtai nazaridan to'garaklarni uch guruhga fanga doir, fanlararo va fandan tashqari to'garaklarga ajratish mumkin. Fanga doir to'garaklar deb, bevosita mehnat tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan to'garaklarga aytiladi. O'z mazmuniga ko'ra bu to'garaklar texnologiya fani darsida o'quvchilar bajargan ishning go'yo davomi, ammo bunda o'quvchilarning faoliyati yanada murakkabroq, kengroq bo'ladi Fanga doir to'garaklar aslo o'quvchilar avval bajargan ishni shunchaki takrorlarmasligi kerak Fanlararo to'garaklar ichida eng keng tarqalgani fizik-texnik, texnik ijodkorlik to'garaklar hisoblanadi. Bu to'garaklarda o'quvchilar faoliyatining mazmuni to'garakning o'z nomidan kelib chiqadi. Texnik-ijodkorlik to'garaklarda o'quvchilarning mehnat obyektlari, odatda, turli modellar bo'ladi Fanlardan tashqari to'garaklar hozirgi vaqtda sinfdan tashqari ishda kengroq tarqalgan. O'quvchilar faoliyatining mazmuniga ko'ra bu to'garaklar turli-tuman bo'lishi mumkin. Mazkur holda gap shunday predmetdan tashqari to'garaklar haqidagina boradiki, ularning ishlari uchun maktab ustaxonalaridan moddiy baza sifatida foydalaniladi, yoki o'quvchilar faoliyati texnologiya fani darslarida olingan bilim va malakalarga tayanadi. Fandan tashqari to'garaklarga rahbarlik qilishga ko'pincha baza korxona xodimlari, ota-onalar taklif etiladi. O'qituvchi esa ularga metodik yordam ko'rsatadi. To'garaklar ishining mazmuni dasturlarda belgilab beriladi. Bu dasturlarni xalq ta'limi qoshidagi metodik kabinetlar, shuningdek, yosh texniklar ishlab chiqadi. Dasturlar bir va ikki o'quv yiliga mo'ljallangan bo'ladi. To'garak mashg'ulotlari, odatda, har haftada bir marta ikki soatdan o'tkaziladi. Biroq o'quvchilar orasida bu bilan qanoatlanmaydigan jonbozlar ham uchraydi. Bir to'garakda 15 nafardan ortiq o'quvchi bo'lmasligi lozim, aks holda ularning xar biriga individual tarzda rahbarlik qilish qiyinlashadi. Ilg'or maktablarning ish tajribasi ko'rsatishicha, maktab ustaxonalariga asoslangan to'garak mashg'ulotining strukturasi kombinasiyalangan (aralash) dars strukturasiga yaqin turadi. Bunga sabab shuki, har qanday to'garak mashg'ulotida, odatda, qator didaktik masalalar hal etiladi. Muayyan mehnat obyektini tayyorlashni o'quvchilar to'garak mashg'ulotidan ko'zlangan asosiy maqsad deb bilishadi. To'garak mashg'ulotlariga qandaydir maxsus metodlar xos emas. Ularda Texnologiya fanining oddiy metodlari qo'llaniladi. Biroq bu metodlardan foydalanish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, kuzatuvlarning ko'rsatishicha, og'zaki metodlardan ko'pincha tushuntirish metodi qo'llaniladi, hikoya metodi esa eng kam qo'llaniladi Namoyish qilish metodlariga shu narsa xam xoski, V-VI-sinf o'quvchilariga ko'pincha ko'rsatma qo'llanmalar namoyish qilinadi, VII-IX sinf o'quvchilariga esa grafik tasvirlar namoyish qilinadi. Ishga bunday yondashishda o'quvchilarning grafik jihatdan tayyorgarligi hisobga olinadi. Instruktaj (yo'riqnoma) to'garak mashg'ulotlarida o'qitish metodlari ichida muhim o'rinni egallaydi. Bunda kirish, joriy va yakunlovchi instruktajlar: frontal, zveno, va individual instruktajlar; og'zaki, yozma, grafik instruktajlar qo'llanilishi mumkin. To'garak mashg'ulotlarida o'quvchilar ishini tashkil ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
198.16 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:18
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
198.16 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: pptx