Tok kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Tokning zamburug''li kasalliklari. Oidium yoki un shudring Antraknoz Serkosporoz yoki yashil mog'or Qizilcha Dog'li nekroz Kulrang chirish So'lish Bakterial rak Virusli kasalliklar 1.Tokning zamburug''li kasalliklari. Mildyu yoki soxta un shudring. Juda keng tarqalgan va xavfli kasallik. O'simlikning barcha yer ustki a'zolari zararlanadi (ularning yog'ochlashgan qismi bundan mustasno). Barglar butun vegetatsiya davri mobaynida zararlanadi. bahorda yosh barglarning ustki tomonida dastlab xira yashil yoki sarg'ish dog'lar paydo bo'ladi, so'ngra ular moy-simon bo'lib qoladi va qo'ng'ir rangga kiradi. Barglarning ostki tomonida dog'larning o'rnida mo'l oq momiq g'ubor - kasallik qo'zg'atuvchisining jinssiz spora hosil qilishi yuzaga keladi. Dog'lar ko'pincha 2-3 sm diametrli o'lchamga etadi. G'ubor ko'pincha dastlabki moysimon dog'lar hosil bo'lmasidan xam paydo bo'lishi mumkin. Bu holat namlik sharoitiga bog'liq. Qurg'oqchilik uzoq davom etganda g'ubor hosil bo'lmaydi. Mildyu bilan zararlangan katta yoshli barglarda burchakli dog'lar hosil bo'ladi. Bazan ular xlorotik tirik to'qimalar bilan o'raladi. Barg quriydi va to'qiladi. Yashil novdalarda qo'ng'ir, yengil botiq dog'lar kuzatiladi. Novda uchi zararlanganda yangi o'simta xunuk bo'lib shakllanadi. Nam ob-havoda dog'lar oq momiq g'ubor bilan qoplanadi. Kasallik kuchli rivojlanganda novdalar quriydi, mo'ylovlari esa egiluvchanligini yo'qotadi, mo'rt bo'lib qoladi va namlik mo'l bo'l-ganda chirib ketadi. Gul va g'unchalar qo'ng'ir rangga kiradi va nobud bo'ladi. Gulbandida kulrang yoki qo'ng'ir, biroz botiq dog'lar hosil bo'ladi. Nam ob-havoda zararlangan gul va gulbandi oq momiq g'u-bor bilan qoplanadi. Zararlangan g'ujum to'q shokoladsimon tusga kiradi, meva bandi atrofida esa ko'kimtir yo'lak hosil bo'ladi. Yosh g'ujumlar oson zararlanadi, chunki diametri 3 mm dan oshgan g'ujumlarda og'izcha yo'qoladi va zararlanish sodir bo'lmaydi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Peronosporales tartibiga mansub Plasmopara viticola Berl. Etde Toni tuban zamburug''i. U monofag hisoblanadi, ya'ni faqatgina tokda parazitlik qiladi. Patogen to'kilgan barglarda oospora holida qishlaydi, barglar chirib ketgandan so'ng tuproq yuzasida saqlanadi. Oosporalari dumaloq, to'rt qatlamli qobiqqa ega, diametri 25-35 mkm. bahorda o'sib ipsimon o'simta va uning uchida qavariqlik - birlamchi zoosporangiy (35-55x25-27 mkm) hosil qiladi. Zoosporangiyda loviya-simon shaklli, egilgan tomonida ikkita xivchinli 8-10 ta zoo-spora (6-8x4-5 mkm) shakllanadi. Zoosporalar faqatgina suvda yashashi va harakatlanishi mumkin. O'simlikning yashil qismiga tushganda ular ochiq og'iz-chalar tomon tez harakatlanadi, so'ngra xivchinlarini o'ziga tortadi, yupqa qobiqqa o'raladi va o'simlik to'qimasiga og'izcha orqali kiruvchi ipsimon o'simta bergan holda o'sadi. O'simta hujayralar oralig'ida joylashuvchi mitseliyga g'ovlaydi. O'simlikxo'jayinning hujayrasi ichiga gaustoriylarini kiritadi va u orqali zamburug'' ozuqa moddalarini o'zlashtiradi. Mitseliy o'sgan sari hujayraning nobud bo'la boshlashida ko'payish a'zolari shaklla-nadi. Yozda mos xoldagi namlikda zamburug'' odatda jinssiz spo-ralar - zoosporangiyli zoosporabandlar hosil qiladi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.59 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.59 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: docx