Tol kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Qayrog'och kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Tol kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Qayrog'och kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

O'quvchilarga / Pedagogika
Tol kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Qayrog'och kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari - rasmi

Material tavsifi

Tol kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Qayrog'och kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Zang kasalligini qo'zg'atuvchisi - Melampsora salicira zamburug''i. Asosan barglar kasallanadi. Ularning yuzasida zarg'aldoq rangdagi yostiqchalar paydo bo'ladi, ular yozgi uredosporalar uyumidir. Kuzga kelib ularning o'rtasida teliosporalardan iborat bo'lgan to'q jigarrangdagi yostiqchalar hosil bo'ladi. Kasallikni qo'zg'atuvchi zamburug'' ikki uyli, esidiya bosqichi boshqa o'simliklar (nina barglilar, tilog'och, Ribes turiga mansub bo'lgan boshqa o'simliklar)ning barglarida o'tadi. Un-shudring kasalligini qo'zg'atuvchisi - Uncinula salicis zamburug''i. Barglar kasallanadi. Barglarning har ikki tomonida oq g'ubor shakllanadi. G'ubor zamburug''ning yozgi spora berish bosqichi bo'lib, uning konidiyalaridan iboratdir. Kuzga kelib oq g'ubor orasida dastlab sarg'ish, asta-sekin qorayib boruvchi mayda qora nuqtachaga o'xshash kleystotetsiylar hosil bo'ladi. Ular qishlab chiqish vazifasini bajaradi. Barglarda qora dog'lanish kasalligini qo'zg'atuvchisi - Rhytisma salicirum zamburug''i. Barglar kasallanadi. Barg plastinkasining yuqori tomonidan bo'rtgan qora yaltiroq dog'lar hosil bo'ladi. Natijada barglar sarg'ayib to'qilib ketadi. zamburug'' tanasi dog' ostida bahorgacha qishlab chiqadi va bahorda ularda apotetsiylar hosil bo'ladi. Perparat: Rhytisma salicirum zamburug''ini mikroskopda ko'rish. Barglarning kul rang dog'lanish kasalligini qo'zg'atuvchisi - Septoria salicicola. Har xil turga kiruvchi tol daraxtlarining barglarida mayda dumaloq ba'zan ozroq burchaksimon och kul rang dog'lar hosil bo'ladi. Dog'larning cheti to'q hoshiyali bo'lib, dog' o'rtasida qora nuqtachalar ko'rinishidagi zamburug''ning mevatanalari - piknidalar ochilib yotadi. Dog'larning soni juda ko'p bo'lishi mumkin. Kasallangan barglar quriydi va to'qilib ketadi. Shuning uchun kasallik ko'chatxona va tolzorlarda katta zarar keltiradi. zamburug'' barglarda piknida holida qishlab chiqadi. Yalmog'iz supurgisi kasalligini qo'zg'atuvchi zamburug'' Taphrina salicina. zamburug'' o'simlik tanasiga uning yoriqlari orqali kirib oladi va hujayralarning intensiv ko'payishiga sabab bo'ladi. Natijada bir xil joyning o'zida ko'plab mayda va qisqa shoxchalar vujudga keladi, u supurgichani eslatadi. zamburug'' novda bo'ylab tarqalib boradi. Supurgichadagi barglar mayda va rangsiz bo'ladi. Barglarning orqa tomonida kulrang g'ubor (sporali xaltachalar) shakllanadi. Tol barg va shoxlarining yuqumsiz kasalliklari. O'simliklarda so'lish, ranggining o'zgarishi, barg va novdalarning qurishi kuzatilishi mumkin. Ularda yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilari topilmaydi, bunday xollarda tashqi muhit omillari kasallik sabab-chisi bo'lib xizmat qiladi. Tuproqda namlikning yetishmasligi barglarning so'lishi va qurishiga olib keladi. Tuproqda namlik me'yoridan ortiq bo'lib, havoning kirishi yomonlashsa, ildizlar nobud bo'ladi va chiriydi. Ko'pincha ignabargli daraxtlarda yaxshi yog'ochlashishga ulgurmagan (turli kasalliklar ta'sirida) shoxlari past haroratlar ta'sirida nobud bo'ladi. Tuproqda ozuqa moddalarining yetishmasligi xam o'simlik-larda turli yuqumsiz kasalliklarning yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi. Binobarin, ozuqa moddalarining umumiy yetishmasligi pakanalikni keltirib chiqarsa, temir yetishmasligi yoki kalsiy miqdorining ortib ketishi barglarda xlorotiklikni yuzaga keltiradi. Tuproqda har xil tuzlar miqdorining ortib ketishi xam barglarning sarg'ayishiga sababchi bo'ladi. havodagi zaharli gazlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.23 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga