Transportda. 5-sinf. Dars ishlanma

Transportda. 5-sinf. Dars ishlanma

O'quvchilarga / Pedagogika
Transportda. 5-sinf. Dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Transportda. 5-sinf. Darsning ta'limiy maqsadi : O'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish , lug'at boyligini oshirish . Darsning tarbiyaviy maqsadi : O'quvchilarni jamoat transportidan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish. Darsning iqtisodiy maqsadi : Jamoat transportlarini asrash , ularga o'z mulkimizday munosabatda bo'lish. Darsning shiori : Ko'cha - ko'yda yaxshi bil qoidaga amal qil ! Rasmlar asosida gaplar tuzing. 1-topshiriq. Quyidagi dialogni o'qing va davom ettiring . - Kechirasiz , avtobuslar bekati qayerda? To'g'ri yurib o'ngga burilasiz . - Qayerga bormoqchisiz ? G'afur G'ulom nomidagi bog'ga bormoqchiman . Siz avtobusga chiqmang , u yerga metroda borish qulay . Metro yaqinmi ? Ha , bu yerdan uzoq emas . Xiyobondan o'tsangiz metroga borasiz . - Rahmat , sizga . Kelishiklar. Bosh kelishik. Именительный падеж. ' Jo'nalish kelishigi. -ga Винительный падеж. O'rin-payt kelishigi. -da Творительный падеж Tushum kelishigi. -ni. Дательный падеж. Chiqish kelishigi. -dan Предложный падеж Qaratqich Kelishikgi. -ning. Родительный падеж . Bilib oling! -dan qo'shimchasi ob'ekt manosini bildiruvchi so'zlarga qo'shilsa ish-harakatning manbaini ifodalaydi.Bunday so'zlar Qayerdan?so'rog'iga javob bo'ladi.Masalan:Avtobusdan tushdi.Maktabdan chiqdi. 1-mashq. Ajratilgan so'zlarning o'zaro bog'lanishiga diqqat qiling. Uy vazifasini Sayyoradan boshqa o'quvchilar bajara olmagan edi.2.Bir haftadan keyin o'qituvchimiz sog'ayib,ishga chiqdi.3.U ertalabdan beri shu shiorni takrorlar edi.4.Bir haftadan buyon sizni qidiraman. 2-mashq . O'zga , so'ng , tashqari , bo'lak , beri so'zlari ishtirokida gaplar tuzing Bilib oling! Chiqish kelishigidagi so'zlar bilan qo'llanadigan ko'makchilarga so'ng,keyin,boshqa,tashqari,bo'lak,o'zga,beri,buyon ko'makchilari kiradi. Bu transportlar qanday farqlanadi? Bularni kimlar boshqaradi? Topishmoq. Qush emas,qanoti bor, Chiroyli savlati bor. Uchsa lochin yetolmas, Tolmas zo'r quvvati bor. Mustahkamlash. Berilgan so'zlardan transport vositalarini ajrating va ular ishtirokida gaplar tuzing. Metro,poyezd,paroxod,ot,tuya,yo'l,samolyot,fil, avtobus,chumoli,trolleybus,futbol,tramvay,eshak. Uyga vazifa . Muomala odobi: Taklif etish. Taklif etaman. Xush kelibsiz . Marhamat. Uyimizga marhamat. Shu so'zlar asosida gaplar tuzing . Yoniq ko'k chiroq. Jumaniyoz Jabbor. Solib Xovos cho'liga ovoz, Vodiy bo'ylab yelar teplavoz. Vagonlari ko'p,qator-qator, Buncha yukni u qanday tortar? Qayga borar bu uzun karvon, Ortib taxta,sement,paxta,don? Eh-he,ulug' yurtimizga boq, Qurilishlar ichra hammayoq. Ortilgandir yana ko'plab yuk, Bu karvonning ma'nosi buyuk. Vatan bo'ylab besh panja-besh qo'l Taralgandir so'ngsiz temiryo'l. Ko'chamiz. Chopib chiqsak hovlidan, Qarshi olar ko'chamiz. Qay manzilni ko'zlasak, Yo'lga solar ko'chamiz. Supursak chang-g'uboring, Yuzi yaraqlab ketar. Xursand bo'lib, yulduzdek- Ko'zi charaqlab ketar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 729.77 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 729.77 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga