Tuproqshunoslik va agrokimyo fanini o'qitishning moddiy bazasi

Tuproqshunoslik va agrokimyo fanini o'qitishning moddiy bazasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Tuproqshunoslik va agrokimyo fanini o'qitishning moddiy bazasi - rasmi

Material tavsifi

Tuproqshunoslik va agrokimyo fanini o'qitishning moddiy bazasi Tuproqshunoslik va agrokimyo o'qituvchisi tuproqshunoslik bilimlarning Respublikadagi xar bir insonning hayoti va mehnatidagi ulug'vor kuchni chuqur anglashi, bunga ishonch hosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni talabalarda tarbiyalashi uchun zarurdir. o'quv yurtlarida o'qituvchining muvofakiyatli ish olib borishi uchun birinchi shart ana shudir, chunki tarbiyalovchi ta'lim jarayonn ishonchga asoslanadi. O'qituvchi zimmasiga hayot ehtiyojlariga tula javob beradigan va o'z zamoniga munosib farzandlarni tarbiyalashdek vazifa yuklatilgan. Uslub o'qituvchiga o'z ishini mohiyatini tushunib olishga, uning murakkabligini tushunib etishga ana shu ish uchun maosuliyatli ekanligini bilishga yordam beradi. uslubdan xabardor o'qituvchi o'z ishiga tanqidiy karay oladi. Erishgan yutuklarini hisobga olib, undan xulosa chikarib boradi, tajriba tuplaydi, ayni vaqtda o'z ishidagi kamchiliklarni paykab olib, keyingi ishlarida ana shunday kamchiliklarga yul kuymaslikka harakat qiladi. Tuproqshunoslik va agrokimyo o'qituvchisi o'z fanini sevshiy va uni yaxshi bilishi lozim. talabalar o'z fanini yaxshi bilgan, darsni yuksak mahorat bilan utadigan moxir o'qituvchilarga ixlos kuyadilar. o'z fanini, ishini yaxshi bilmagan, kasbini sevmagan o'qituvchi xech kachon talabalar eotiborini kozona olmaydi. «o'qituvchi fan vositasida tarbiyalashni istasang», - deb yozgan edi L.N.Tolstoy, - o'z faningga muhabbat kuy va uni bilib ol, shunda o'quvchilar seni xam, fanni xam sevib koladilar, sen xam ularni tarbiyalay olasan; ammo bordi-yu sen uzing uni sevmasang, u taqdirda, sen kanchalik o'qishga zurlamagin, fan tarbiyaviy taosir ko'rsatmaydi. o'qituvchi ta'lim jarayonida: darsda o'rganiladigan bilimlardan kuzda tutilgan maqsadni talabalarga kursatib borishi, talabalar faoliyatini oshirishga, ularni mustaqillikka o'rgatishi moe keladigan o'qitish usullarini tatbik etishi, nixoyat, talabalarni ongli intizomga urgata borishi lozim. Tuproqshunoslik o'qituvchisi bilimini tinmay oshirishi, pedagogik mahoratini orttira borishi, ta'limning hozirgi zamon va hayot bilan bog'lab olib borishi lozim. Tuproqshunoslik va agrokimyo o'qituvchisidan o'z ilmiy pedagogik saviyasini tinmay oshirish, chunonchi Fan va turmush, Paxtachilik, O'zbekiston qishloq xo'jaligi kabi jurnal va gazetalardan hamda qishloq xo'jaligiga oid bo'lgan yangiliklardan muntazam ravishda xabardor bo'lib borishi talab etiladi. o'qituvchi o'z fani va kasbiga astoydil ixlos kuyishi, talabalarni sevishi kerak. shundagina u haqiqiy o'qituvchi, o'z kasbini egallagan moxir pedagog bula oladi. o'qituvchi darsining samarali va kizikarli bo'lishida nutq madaniyatining roli katta ekanligini aslo unutmasligi kerak. Xullas, tuproqshunoslik ta'limi saviyasining yuqori bo'lishi ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning ta'lim-tarbiyadagi mahoratiga bog'liqdir. hozir fan texnika taraqqiyoti jadal suroatlar bilan rivojlanib bormokda. Dunyoning jug'rofiy-siyosiy tuzilishi uzgarmokda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga kursatilayotgan taosirini tartibga solish, ijtimoiy-taraqqiyot kulay muhitning saklab qolishning o'zaro taosirini uygunlashtirish, inson tabiatining o'zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo'lib kolmokda. Ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida insoniyat kurshab olgan muhit bilan qarama-qarshilikka duch kelmokda, muhit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.4 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.4 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga