Tuproqshunoslikni va agrokimyo o'qitish jarayonida tarbiya O'quv yurtlarida ukitiladigan xar bir o'quv fanlari talabalarga malum doiradagi bilim, o'quv va ko'nikmalarni berish bilan birga yoshlarni ilmiy dunyo qarashini tarbiyalaydi. Bunday dunyo qarash kishida ilmiy tasavvur va tushunchalar sistemasini shakllantiradi, bu sistema kishining urab olgan dunyoga munosib va jamiyatdagi xulk-atvorni belgilaydi. Talabalarda ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash boshqa o'quv fanlari katori tuproqshunoslik o'qitishning xam muhim vazifasidir. Dunyo qarash bu atrof borliqni yanitabiat va jamiyatni idrok qilish orqali ularga nisbatan muayan fikr va munosabatda bo'lish demakdir. Insonning dunyo qarashi xilma-xil bo'lishi mumkin. dunyoviy va huquqiy demokratii jamiyat ko'rish maqsadi amalga oshiriayotgan mamlakatimizda kishilarni dunyoviy bilimlar bilan qurollantirish asosida ularda ilmiy dunyoqarashni tarbiyalash muhim talablardandir. Bu vazifa talabalarga tabiat va jamiyatga nisbatan tug'ri va ongli munosabat, siyosiy huquqiy va maonaviy ishonch kabi xislatlarni ingdirishni nazarda tutadi. Tuproqshunoslik va agrokimyoni o'qitish jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish imkoniyatini beradi. ilmiy dunyoqarash tugallangan holda birdaniga shakllanib kolmaydi, balki u kishining butun ongli umri davomida rivojlanib boradi. Talabalarning bilim doirasi darsdan-darsga kengayib, mantikiy tafakkurlari usib, ularda falsafiy qarashlari rivojlanib boradi. Tuproqshunoslik va agrokimyo kursining mazmunidan malumki unda asosan idrok qilish oboekti - tuproq paydo bo'lishi va rivojlanishi, tuproqning umumiy tuzilishi, tuproqning kimyoviy tarkibi, tuproq unumdorligi va tuproqning geografik tarqalishi darajalarida o'rganiladi. Tuproqshunoslik darslarida o'rganilayotgan mavzular bir-biri bilan bog'lanishda, oddiydan murakkabga tomon uzgarib boradi Tuproqshunoslik darslarida o'quv materiallari talabalarga tuproqlarning yaratilishi sharoitlari va rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Urganiladigan o'quv materiallarini tanlab olishda va uni bayon qilishda o'qituvchi ilmiy asoslarga tayanishi tabiat hodisalariga ilmiy izoxlar berib borishi va talabalarni usha izoxlarni to'g'ri tushunib olishiga yo'naltirishi, nixoyat o'rganilayotgan omili manba bilan dunyoqarash masalalarini uzviy bog'lanishini yoritib borishi kerak. Bu talablarni tabiatni to'g'ri va atroflicha tushunib olishlariga imkon beruvchi tuproqshunoslik qoidalarini kuchaytirilishi demmakdir. Yer kishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida asosiy vosita bo'lib, undan to'g'ri foydalanish tuproqning meneratsiya holatini yaxshilash, yerni ishlashda takomillashgan usullarni qo'llash va ilg'or agrotexnika qoidalarini joriy qilishdan iborat. Shuningdek, tuproqni xar tomonlama o'rganish asosida unumdorligini oshirish imkoniyatlarini kidirib topish muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib tuproqshunoslikni o'rganish jarayonida talabalar harakat, rivojlanish, vaqt, fazo, umumiy bog'lanish kabi kupgina masalalarni bilib oladilar va ilmiy dunyoqarash soxibi bo'lib boradilar. Vatanparvarlik tarbiyasi. Tuproqshunoslik va agrokimyoo'qituvchisi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning birdan-bir vositasi va xar bir mamlakatning bitmas-tuganmas tabiiy boyligi hamda kishilik jamiyati uchun zaruriy ozik mahsulotlari va turli xom ashyoar etishtirilayotgan asosiy va yagona manba ekanligi haqida hikoya kilar ekan, u talabalarda vatanga muhabbat xissini uyg'otadi. ta'lim vazifalaridan biri talabalarda Vatanparvarlik xislarini uyg'otish va rivojlantirishdir. Vatanparvarlik vatanni cheksiz ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.82 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: doc