Turizmda maxsus turlar

Turizmda maxsus turlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Turizmda maxsus turlar - rasmi

Material tavsifi

Turizmda maxsus turlar Reja: Turizmdagi asosiy va maxsus turlar Turizmdagi asosiy turlarning ta'rifi Turizmdagi maxsus turlarning ta'rifi Maxsus turlarni turizmda shakllantirish Turizmdagi asosiy va maxsus turlar Turizmning barcha turlari ishlab chiqarish va insoniyatning ijodi va yaratuvchilik sohalaridan kelib chiqgan. Ziyoratgoh joylar, tarixiy obidalar, diniy rahnomalarning dahmalari jahonning mashhur kishilari hayotidir. Faqatgina ekologik turizm turlari tabiat mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarining, insoniyatni yoki insonlar guruhining mo'jizakor, mukammal va chiroyli yoki kerakliligi tufayli hayratomuz ko'rinishga ega bo'lgan mahsulotlari, inshootlari insonlar oqimini o'ziga jalb qilishi turizm sohasini keltirib chiqardi, sohadagi turlarning ko'payib borayotganligi ham ana shu omillarga bog'liq. Dunyoning 7 mo'jizasini ko'rish, ularning siru-asrorlari bilan tanishishga qiziqish qadim sivilizatsiyada turistlar oqimini tashkil qilganligi malum. Bu yerda birgina «turizm» so'zi hali kashf qilinmagan, ta'rifi berilmagan edi. O'zga yerlardagi odamlarni, tabiatni ko'rishga qiziqish, asosiy hollarda boylik izlash uchun chiqgan kishilar hozirda buyuk geografik kashfiyotchilar nomini olgan. Bu davr ham jahonda turizmning rivojlanishida alohida bosqich hisoblanadi. Hozirga kelib inson o'zining qiziqishi sohalarini ko'rib ulgurish, qoniqish olish, o'rganish, tanlash xususiyatlari va imkoniyat darajalaridan to'g'ri foydalanish uchun ishlab chiqarish sohalarini, tabiiy biologik resurslarni, insonlarning yashash tarzlarini alohida-alohida turizm sohasiga aylantirdi. Dastlab inson o'zida paydo bo'lgan e'tiqod hissi nuqtai-nazaridan o'z dinidagi barkamol insonlar, avliyo va shayxlarga, keyinchalik ularning qabriga sig'indi, bu harakatlari unga xotirjamlik, osoyishtalik, keltirishini sezdi. Bunday harakatlar turizmda ziyoratgoh yoki diniy turizm nomini oldi. Keyinchalik o'tmishdagi o'z ajdodlari qurgan mo''jizakor, mahobatli qurilish inshootlariga, insoniyatning mashhur sarkardalari qurdirgan qasrlarni ko'rishga intildi. Bu harakatlar hozirda tarixiy obidalar turizmi deb nomlangan. Shu tariqa turizmning turlari ro'yxati to'lib bordi. Hozirgi rossiyalik mutaxassislarning yozishicha jahonda turizmning asosiy turlari 20-22 yo'nalishdan iborat. Qayd qilingan fikr, mulohazalar shuning uchun ham keltirildiki, turizmdagi maxsus turlar ro'yxatini tuzishdan oldin turizmdagi asosiy turlarning mohiyatiga to'xtalish zarurati bor. Asosiy turlar bilan maxsus turlar mohiyatini, mazmunini taqqoslash bu turlarni bir-biridan ajratish xususiyatlarini, sabablarini tushuntira oladi. Turizmdagi asosiy turlarning ta'rifi Talabalardan turizmning turlarini sanab bering degan savolga talaba - ichki turizm, xalqaro turizm, kiruvchi turizm, chiquvchi turizm, avtoturizm deb keyinchalik ziyoratgoh turizmi, ekologik turizm, sport turizmi deb davom etadi. Javobdan malum bo'ladiki, talaba turizmning turlarini statistika uchun kerak bo'ladigan turistlar oqimini hisobga oladigan ichki, xalqaro, kirish va chiqish turistlar harakatiga qo'shib yubormoqda. Ichki, xalqaro, kirish va chiqish turizmi deganda turistlarning sonini hisobga olish va o'sish yoki kamayishga qarab rejalashtirish ishlarini amalga oshirish tushuniladi. Bu ko'rsatgichlar turizmdagi tur emas. Turizmdagi tur turistning malum bir qiziqish obyekti-turistik resurs - makonni anglatadi. Turizm rivojlangan mamlakatlarda qaysi turlar ro'yxatga olingan va qaysi belgilar asosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.11 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.11 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga