Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi

Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi - rasmi

Material tavsifi

Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi, tavsifi va geografiyasi Reja: Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi va tavsifi. Turizmdagi maxsus turlarning geografiyasi. Turizmdagi maxsus turlarning tasnifi va tavsifi Tasniflash har qanday sohaga muhim, to'liq ma'lumotlar beruvchi, soha rivojini rejalashtirishda asosiy manba bo'luvchi, jadvalli muhim ma'lumotnomadir. Tasniflashda o'rganilayotgan sohaning barcha jihatlari, xilma-xilliklari, ma'lumotlari bo'lishi lozim. Maxsus turizm turlarining ro'yxatini tuzishda ba'zi bir turlar ma'lumotlarning yo'qligi tufayli qolib ketishi mumkin. Bunday turlar aniqlanib, to'liq tavsifi, ta'rifi berilganidan keyin turizmdagi o'rni, talabga javob berilishi belgilanganidan keyin tasnifga qo'shimcha qilib kiritiladi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha turizm turlari emas. Bu haqda birinchi bobda to'liq aytildi. Biz turizmda maxsus turlar bo'lishi mumkinligin hisobga olib, madaniyat sohalari, hunarmandchilik, milliy o'yinlar va ishlab chiqarish sohalari nomlanishiga turizm so'zini qo'shib turizmdagi maxsus turlar ro'yxatini - tasnifini keltirishga harakat qildik. Milliy madaniyatga qiziqish turizmi. Xalqimizning urf-odatlari, tildagi shevalar, oila hayoti, kattalar va yoshlar munosabatlari, salomlashish, mehmon kutish va mehmondorchilik, to'y va diniy marosimlar, oila bayramlari, oiladagi huquqlar, kelin va sunnat to'ylari, uy tutish va hoka'zolarga qiziqish. Agroturizm Qishloqlarning turli- tumanligi va tabiiy -tarixiy davrda yuzaga kelishi, qishloq aholisi hayoti, fermerlar hayoti va faoliyatiga qiziqish. Etnik va sog'inish turizmi Xalqlar, ellar, urug'lar, ularning yashash tarzi, millatlarning urf-odatlari, kelib chiqishi tarixi, joylashishi, o'zaro aloqalari. Xalqlarning, millatlarning har xil sabablar bilan dunyo bo'ylab tarqalib ketishi, ularning bir-birlariga intilishi, sog'inishi, qo'msashidagi ichki va xalqaro turizm. Milliy san'at turizmi Milliy san'at, milliy folklor, qo'shiqchilik, milliy raqslar, askiyalar, laparlar, aytishuvlar, rassomchilik va haykaltaroshlik, bahshilar,o'lan aytish qo'shiqchiliklari kabi san'at turlariga qiziqish. Bu tur quyidagi yo'nalishlarga bo'linadi: Qo'shiqchilik va raqs san'ati yo'nalishlari. bahshilar qo'shiqchiligi maktablari. Askiyalar, laparlar, aytishuvlarga qiziqish. Milliy rassomchilik va haykaltaroshlik. Milliy folklor turlari. Tabiiy - tarixiy tasvirlar turizmi Tabiat muzeylari va tabiat haykallari, tog' qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar, o'lkashunoslik va milliy xalq hayoti tarixiy muzeylariga qiziqish. Bu tur ham quyidagi yo'nalishlarni o'z tarkibiga oladi: Tabiat muzeylari va tabiat haykallari O'lkashunoslik muzeylari Milliy xalq hayoti tarixi muzeylari Qoyatoshlaridagi qadimiy rasmlar Hayvonot bog'lari. Milliy hunarmandchilik turizmi Milliy hunarmandchilikning turlari, milliy hunarmandchilikdagi yo'nalishlar, xalq - memor, xalq- usta shiori va reklamasi, milliy hunarmandchilik buyumlarining mukammal va mo'jizakorligiga qiziqish. Bu turizm turi quyidagi tarmoqlarga bo'linib ketadi: Duradgorlik va uning maktablari. Kulolchilik va uning maktablari. Kashtachilik, zardo'zlik, milliy liboslar(do'ppi, to'n, belbog'lar) tikishdagi yo'nalishlar. Milliy ustachilik Temirchilik Misgarlik Musiqasozlik Beshiksozlik Aravasozlik Sandiqsozlik Egarsozlik Mahsido'zlik Gilamchilik va palos to'qish. Milliy o'yinlar turizmi. Markaziy Osiyo xalqlarida milliy o'yinlar nomini olgan o'ziga xos musobaqalari, mardlik, jasurlikni namoyish qiluvchi bellashuvlar va Dune xalqlarida ko'plab uchraydigan hayvonlar va parrandalarni urishtirishga qiziqish. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.87 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 29.87 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga