Turkiston jadidchilik harakatida ta'lim va tarbiya Reja: Jadidlar harakatida ta'lim va tarbiyaning rivojlantirilishi. Zbekistonda jadidchilik harakati asosida yangi usuldagi maktablarning ochilishi. Bekistondagi asosiy jadidchilik harakati namoyondalarining pedagogik qarashlari. Jadidlar harakatida ta'lim va tarbiyaning rivojlantirilishi Jadidchilik, yangi usul maktablari, jadidlarning ilmiy qarashlari, jadidchilik harakatining tarqalishi, jadidchilik harakatida ta'lim va tarbiya, ¡zbekiston jadidchilik harakati namoyondalarining qarashlari. Jadid so'zi arabcha so'z bo'lib, yangi, jadidchilik esa yangilik tarafdorlari degan manoni bildiradi. XIX asr oxiri -XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o'lkada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa o'lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o'z davrining eng ilg'or kishilaridir.Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qatiy nazar, yangilik, taraqqiyot, ma'rifat va madaniyat tarafdori bo'lib chiqdilar. Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko'rishni o'zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Milliy ozodlik kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo'lmasdi. Shu bois ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari yo'q qilib tashlash lozimligini anglab etdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa ma'rifat berish lozim degan g'oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq Taraqqiyot deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o'z g'g'oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham targ'ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma'rifat yagona qurol bo'lib, ular shu qurol yordamida o'lkada ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo'ldilar. Jadidlar o'z ezgu orzularini, faqat maktab, maorif va ta'lim tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar. Jadidlar ma'rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi maktabi usuli jadida yani yangi usul maktabiga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan Usuli jadid maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o'qitish metodikasi, nazorat turlari ko'p jihatdan Yevropata'lim tizimiga yaqin bo'lgan. U madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o'qitish masalalarini ko'tardi. Jumladan, diniy fanlar va arab tili bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o'rganish zarurligi haqida so'z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ'ib qilish, jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo'lib, mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bo'ldi. Jadidlar, eng avvalo, o'qitishning eski usuli yaramasligini, yoshlarga zamonaviy ilmlarni o'rgatish zarurligini tushunishlari bilan birga, ta'lim tizimida ona tilini chuqurroq o'rgatish, ona tilidagi darslarni ko'paytirish, boshqacha qilib aytganda, o'quv dasturida ona tilidagi darslarni oshirish orqali o'quvchilarni ona tilida o'qitish orqali yoshlarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg'usini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:18
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: docx