Turkiston o'lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti Reja: 1. Turkiston o'lkasida diniy-islomiy tarbiyaviy muassasalar va pedagogik fikr taraqqiyoti 2. Turkistonda chorizm maktab siyosatining boshlanishi. 3. Rus tuzem maktablari va matbuot XIX asrning o'rtalarida Turkiston o'lkasida boshlang'ich ma'lumot beradigan maktab hamda o'rta va oliy diniy ta'lim beradigan madrasalar mavjud edi. Maktablarning aksariyati, shu jumladan, qishloq maktablarining ko'pchiligi diniy ta'lim beruvchi eng oddiy boshlang'ich maktablar edi. Bu maktabda machitlarning imomlari, savodxon mullalar dars berardilar. Bunday maktablarda o'qitish eng oddiy diniy vazifalarni o'rgatish bilan, yani arab tilida yozilgan Quronni o'qishni o'rgatish, har bir musulmon uchun zarur bo'lgan asosiy vazifalarni bildirish bilan cheklanardi. Shahar maktablarida diniy ta'limdan tashqari, umumiy ta'lim elementlari - yozish va hisoblash yo'llari o'rgatilardi. Shahar maktablarida o'quvchilar soni 20-30 taga qishloq joylarida esa 10-15 taga etar edi. O'qishga 6 yoshdan qabul qilinib, o'zlashtirishga qarab 17-18 yoshlarigacha davom etardi. Maktabda avval «Haftiyak», keyin «Quron» yod olinar, so'ng «Chor kitob»ga o'tilardi. «Chor kitob» 4 bo'limdan iborat bo'lib, 1-bo'lim - haq-xudoning nomlari tushuntirilardi, din qoidalari, tahorat, namoz bayon etiladi, ikkinchisida bidon-e'tiqodni anglash, uchinchi bo'limda kalomi nabi-rivoyatlar bahs etilgan. Shuningdek, xalq orasida mashhur shoirlarning sher va g'azallari o'qitilar edi. Odatda, bunday maktablarning o'quvchilari badavlat oilalarning bolalari bo'lar edi. Ular o'qishni tamomlab, olgan bilimlarini savdo-sotiq ishlarida, hunarmandchilik ustaxonalarida qo'llar edilar, bazilari qo'shimcha ta'lim olib, xattotlik kasbi bilan shug'ullanar, bazilari madrasaga kirib o'qishni davom ettirardilar. Oliy diniy maktab bo'lgan madrasada o'rta asrga oid diniy falsafa va musulmon huquqlari, arab tilining grammatikasi va mantiq ilmlaridan dars o'tilardi. Uning o'quv rejalari vaqt va sharoitga qarab o'zgarib turgan. Masalan: XV asrning 30-40 yillarida Samarqand va Hirot madrasalarida dunyoviy bilimlar: matematika, astronomiya, musiqa kabi fanlar ham o'qitilgan. Madrasa uch bo'limdan iborat bo'lgan: birinchi bo'limda musulmon diniy aqidalari bayon qilingan kitob - arab tili va qonunchilik o'rgatilar edi. Bu bo'lim talabasi 9-10 yil o'qigan. Ikkinchi bo'limda qonunchilik, ilohiyot, (qonunchilik), mushkulot, mantiq, arab tili grammatikasi, notiqlik mahorati kalom o'qitilgan. Unda 7-8 yil o'qishgan. Uchinchi bo'limda ilohiyot, qonunchilik, kalom o'qitilgan. Qonunchilik kursida geografiya va arifmetikadan bazi ma'lumotlar berilgan. Madrasani tamomlab chiqqanlar imomlik bilan shug'ullanish va qozixonalarda ishlash huquqiga ega bo'lar edi. Maktab va madrasalarda asosan o'g'il bolalar o'qitilar edi. Shaharlardagi diniy maktablarda bazi domlalarning xotinlari - otinoyilar qizlarni ham o'qitish bilan shug'ullanar edilar. Maktab va madrasalarda dars o'zbek, arab va fors-tojik tillarida olib borilardi. Musulmon maktablarida ta'lim tizimi 5 toifaga bo'lingan edi. Quyi maktab - bu maktablarda o'g'il bolalarga savod o'rgatishgan (4 yil). Xalilxona maktabi - (namoz) yod oldirib o'rgatilgan. Qorixona - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:18
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:18 ]
Arxiv ichida: doc