Turkistonda jadidchilik harakati va ta'lim-tarbiya

Turkistonda jadidchilik harakati va ta'lim-tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Turkistonda jadidchilik harakati va ta'lim-tarbiya - rasmi

Material tavsifi

Turkistonda jadidchilik harakati va ta'lim-tarbiya Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif hodisa bo'lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyotlar maxsuldir. Jadidchilik oqimini ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy tomonlarini professor B.Qosimov o'z tadqiqotida batafsil bayon etgan. XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma'rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bidatlarni isloh qilish fikri paydo bo'la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, yani yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha «jadid» so'zidan olingan bo'lib «yangi» degan manoni bildiradi). O'sha davrlardan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, yani feodal-o'rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo'lgan kishilarni esa qadimistlar, deb atay boshladilar. XIX asr boshlarida bir qancha ma'rifatparvar mudarrislar Buxoro shahridagi 200 ga yaqin madrasani isloh qilish g'oyasi bilan chiqdilar. Bu harakat boshida madrasa mudarrisi Abu Nasr Al Kursaviy turgan edi. Qadimistlar esa ularni kofirlik va xudosizlikda aybladilar. Buxoro amiri Haydar esa Kursaviyni zindonga tashlatib, o'lim jazosiga hukm qiladi. Ammo uning tarafdorlari uni zindondan qochiradilar. Kursaviy Qozonda o'z faoliyatini davom ettirib, 1813 yilda vafot etadi. XIX asrning 50-60 - yillarida diniy islohotchilik harakati yanada kengaya boshlaydi. Endi bu harakat boshida buxorolik mudarris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1889), g'ijduvonlik domla Fozil, Mo'minjon Vobkandiy, mulla Xudoyberdi Boysun'iy va boshqa mudarrislar turar edilar. Ular madrasa va maktablarni isloh qilishni emas, balki ortiqcha darslarni olib tashlash tarafdori ekanliklarini yozadilar. Islohotchilar rahnamosi Marjoniy o'zining dasturida quyidagi olti asosiy masalalarni qo'yadi: Qurondagi har qanday diniy masala yuzasidan kishilar bilgan holda o'zlari erkin fikr yuritsinlar. Birovning birovga ko'r-ko'rona ergashishi qatiy mann qilinsin. Madrasalarda o'qitiladigan hoshiya va shrq kabi quruq mazmunga ega bo'lgan va madrasa o'quvchilari uchun foydasiz bo'lgan hamda ularning 8-10 daqiqa vaqtini bekorga oluvchi darslar dars jadvallaridan olib tashlansin. Madrasalarda Quroni Karim, Hadisi Sharif, ularning tarjimalari va islom tarixi kabi darslar o'tilsin. Arifmetika, tarix, jo'g'rofiya, tabobat, xandasa, mantiq, falsafa va boshqa dunyoviy fanlarni o'qishga qarshilik ko'rsatilmasin. Har bir ishda musulmonchilikni Muhammad alayhissalom davridagi qadimiy islom madaniyatiga qaytarish ko'zda tutilsin. Marjoniy va uning tarafdorlari bo'lgan o'sha davrning jadidlari musulmon taraqqiyparvarlaridan edilar, ular madrasalarda diniy darslar bilan bir qatorda qadimiy islom madaniyati davridagidek dunyoviy darslarni o'qitishni shart qilib qo'ydilar. Biroq, qadimistlar va amirning reaksion siyosati natijasida taqibga uchragan Marjoniy Buxorodan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Uning maslakdoshlaridan ko'pchiligi zindonga tashlanib, orqalariga 75 darra urilgach, ular tavba qilib, qaytib bunday ishlarni qilmaslikka vada berdilar XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko'p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.06 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.06 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga