Turkistonda jadidchilik harakati va uning maorif rivojlanishidagi o'rni Reja: 1.Turkistonda jadidchilik oqimining vujudga kelishi 2. Ismoilbek Gaspirali o'g'li 3. MUNAVVAR QORI 4. ABDURAUF FITRAT 5. Mahmudxuja Behbudiy 6. Kori Niyoziy 7. Abdulla Avloniy 8. Xamza Xakimzoda Niyoziy 9. Sadriddin Ayniy Malumki, Turkistondagi jadidchilik oqimi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy ehtiyoj tufayli yuzaga keldi. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillartda Kavkazda paydo bo'ldi va uning asoschisi mashhur ma'rifatparvar Ismoilbek G'aspirali o'g'li edi. Jadidchilik oqimining ijtimoiy-siyosiy va ma'rifiy jihatlarini chuqur o'rgangan professor Sh.Qosimov o'z tadqiqotida bu oqimning g'oyalarini, Turkiston o'lkasidagi ilm-farifat peshvolarining shu haqdagi qarashlarini atroflicha yoritdi. Turkiston viloyatining gazetining 1908 yil 20 mart sonida jadidchilik maqsadi bayon qilingan. Unda Usuli jadid nadur? - degan savolga javoban Usuli jadid (yangi usul) deb yozilgan. Demak, jadid so'zi aslida yangi degani bo'lib, yangilik tarafdori degan manoni anglatadi. Turkistonda jadidchilik harakati dastlab maktabdan boshlangan. XIX asrning 80-90- yillaridagi jadidchilik harakatini keng yoyishda Munavvarqori, Mahmudxo'ja Shehbudiy, Saidahmad Siddi-qiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda va boshqalar jonbozlik ko'rsatgan. Turkistondagi jadidchilik harakatiga chor hukumati mamur-lari hamda mahalliy boylar qarshilik ko'rsatdilar. 1882 yilning 30 avgustidan missioner N.Ostroumov direktorlik qilgan O'qituv-chilar seminariyasida G'ayri rus musulmonlari maorifning asos-larini qanday aqidalar tashkil etmog'i kerak degan mavzusidagi ma'ruzada jadid maktabining loyihasi tushuntirildi. Seminar o'qituvchilaridan A.K.Abramov, M.A.Muroo'ievlar Ismoilbek G'aspirali o'g'lining mazkur loyihasini maqulladilar. So'ngra loyiha Turkiston general-gubernatori Rozenbaxga tanishib chiqish va bu haqda munosabat bildirish uchun topshirildi. Loyihaga salbiy munosabatda bo'lgan gubernator uning ostiga Oqibatsiz qoldirilsin deb yozib, imzo chekdi. 1893 yilda Ismoilbek G'as-pirali o'g'li Toshkentga keldi. Uni Turkiston harbiy ma'muriyati va mahalliy boylar yoqtirmadilar va takliflariga xayrixohlik bildirmadilar. Ismoilbek G'aspirali o'g'lining g'oyasini yoqlagan va ana shu g'oya bo'yicha Turkistonda maktab ochish uchun iltimosnoma yozgan Munavvarqori ham rad javobini oldi. Turkistonda usuli jadid maktablari XX asr boshlarida juda ko'p qiyinchiliklar bilan ochildi. Shu maktablarda Saidrasul Aziziyning rus-tuzem bolalari uchun yozilgan Ustodi avval va Asqarali ibn Shayramali Kalininning Ikkinchi muallim darsliklaridan foydalanildi. Shunday maktablarning rivojiga to'sqinlik qiluvchi mullalar ularning muallim va tarafdorlarini munofiq, dahriy (dinsiz) deb haqoratlay boshladilar. Masalan, So'fizodani yangi maktab ochgani uchun Chustdan badarg'a qildilar. Samarqandlik Saidahmad Siddiqiy 50-60 ming kishilik jamoa o'rtasida Ulug'bek madrasasi jomeida kofir deb elon qilindi, toshkentlik Mirmuhsin Shermuhamedov Eskijo'va bozorida xaloyiq o'rtasida sazoyi etildi. Jadidchilik faqat maorif sohasida keng tus olib qolmay, balki madaniyat, san'at va inqilobiy harakatlar sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatdi. Qizil O'zbekiston gazetasining 1927 yil 7 iyunida Toshkent okrug madaniyatchilar qurultoyida jadidlar masalasiga ham alohida etibor berildi. Qurultoyda muzoqaraga chiqqan Ziyo Said shunday degan edi: Jadidlarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.11 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
129.11 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc