Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o'tkazilganidan so'ng xalq ta'limi va pedagogik fikrlar (1924-1941) 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa qartasi qaytadan tuzildi. Sobiq Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida Respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi. To'ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi, maktablarda o'quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o'zgardi. Din va «Quroni Karim»ga etibor umuman taqiqlandi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslariga esa ko'proq rus yozuchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi. Sho'rolar tuzumi davrida kommunistik firqa qarorlari asosida pedagogika fanini shakllantirishda rus pedagoglari asarlaridan unumli foydalanib asarlar yozishga zo'r berildi. Aksariyat hollarda esa rus pedagog olimlari yozgan darsliklardan foydalanildi. Natijada o'zbek pedagogikasi markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi. Bu davrda nafaqat pedagogika, balki boshqa fanlarning ham rivojlanishi sust kechdi. Masalan, «O'zbekiston tarixi» aslida «SSR tarixi» darsligining ilovasi edi. «SSR tarixi» esa Rossiya tarixidan iborat bo'lganligi malum. Xuddi shu kabi o'zbek pedagogikasi ham sovet pedagogikasining tarkibiy qismiga aylandi. O'sha davrlarda yozilgan ko'pgina pedagogik asarlar bugungi kunda o'z ahamiyatini yo'qotdi. Chunki o'zbek pedagogikasi nihoyatda siyosiylashgan edi. Pedagog olimlar tadqiqotlarida Marks, Engels, Lenin asarlaridan ko'chirmalar asosiy o'rinni ishg'ol qilardi. Bolalar va o'smirlarga umumiy ta'lim berishni tezlashtirish hamda kattalar o'rtasida savodsizlikni tugatish harakati boshlandi. 1930 yil 14 avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan qaror qabul qilindi. Bu qaror umumiy boshlang'ich ta'limni joriy etish va savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga kelib, umumiy etti yillik ta'limni amalga oshirishga kirishildi. Biroq bu borada jiddiy xatoliklarga yo'l qo'yildi. Jumladan, maktab yoshidagi bolalarning bir qismi o'qishga tortilmadi. Mahalliy millat bolalari orasida o'qishni tashlab ketish ortib bordi. Ko'pgina maktablarda muallimlarning bilim darajasi etarli bo'lmaganligi tufayli o'qish saviyasi talabga javob bermas edi. Shuningdek, maktablar soni muttasil ortib borayotgan bo'lsada, ularning o'quv moddiy bazasi nochor ahvolda qolayotgan edi. Malumki, bolsheviklar mafkurasi negizida sinfiy kurash g'oyasi ustivorlik qildi. O'zgacha fikrlashni «sinfiy dushman» deb baholandi. ta'lim sohasini «sinfiy dushman»dan tozalash maqsadida hatto maxsus qarorlar ham qabul qilindi. Masalan, VKP (b) MQ O'rta Osiyo byurosi 1933 yil 27 martda o'qituvchi kadrlar safini tozalash haqida qaror qabul qiladi va uning natijalari shu yilning 25 aprelida bo'lib o'tgan O'rta osiyo bo'yicha partiyaning madaniy sohaga bag'ishlangan kengashida muhokama qilinadi. Bunda mavjud 700 o'qituvchidan faqat 120 tasi maktablarda ishlashga loyiq deb topildi. Bunday «tozalash»dan maqsad saviyasi past bo'lsada mehnatkash tabaqalaridan chiqqan kishilarni tanlab olib, eng zakovatli omilkor kishilarni siqib chiqarib, «shaqlan milliy, mazmunan proletar madaniyati»ni vujudga keltirishdan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.27 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.27 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc