Turkistonda uyg'onish davrida maktab va pedagogik fikr Reja: 1. Abu Nasr Fоrobiyning pedagogik fikrlari 2. Al-Xorazmiyning ilmiy-ijtimoiy pedagogik faoliyati. 3. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning pedagogik qarashlari. 4. Yusuf Xos Hojibning pedagogik fikrlari. 5. Burxoniddin Zarnudjiyning «Ta'lim olish yo'lida o'quvchiga yo'llanma» asari-pedagogik darslik. . 1. Abu Nasr Fоrobiyning pedagogik fikrlari O'rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O'rta sharqning mashhur mutafakkirlari bo'lgan Abu Nasr Fоrobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar ko'chaygan, feodal to'qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar o'rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi. Abu Nasr Fоrobiy yashab ijod etgan davrda O'rta Osiyo arab xalifaligiga bo'ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi. O'rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo'ysundirilgan xalqlarning boy madaniyati ta'sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug'i va ig'or grek falsafasi ta'limoti ta'sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi. Abu Nasr Fо,robiy o'z davridagi barcha ilmlarni ilg'or madaniy yutuqlarni o'zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg'a surgan, ta'lim-tarbiya sohasida ham ko'p ilg'or fikrlarni aytib o'tgan, zamonasining mashhur faylasufi, etuk olimi edi. Fоrobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning xayot yo'li haqida biror maxsus asar yo'q. Fоrobiyning to'liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O'zlik bo'lib, u 260 hijriyda, ya'ni 873-874 melodiy yilda hozirgi Toshkentning g'arbiy-shimolida, Ares suvining Sirdaryoga qo'yiladigan erda Farob (so'ngroq O'tror) degan joyda tug'ilgan. Abu Nasr boshlang'ich ma'lumotini o'z yurtida oladi, so'ng o'qishini davom ettirish uchun markaziy shaharlarga jo'naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey shaharlaridan o'tib, Bog'dodga boradi. Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog'dod shahriga ko'chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan edi. Fоrobiy bilim olish maqsadida diniy tafofud va e'tiqodga e'tibor bermay, arab, fors, grek,xristian olimlaridan ta'lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o'rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan qiziqdi. Fоrobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va chuqur o'rganib chiqadi. Bog'dodda u arab tilini va boshqa tillarni o'rgandi. X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog'dod juda notinch bo'lib qoldi. Qo'zg'olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog'doddan Damashqqa bordi. Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi. Ba'zi manbalarda Farobiyning O'rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.5 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.5 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc