Turkiya ta'lim tizimi

Turkiya ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Turkiya ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

Turkiya ta'lim tizimi Reja: 1.Ta'limning konstitutsiyaviy Asoslari. 2.Ta'lim turlari 3.Ta'lim bosqichlari xususiyatlari Respublikada hozir amaldagi ta'lim tizimlariga turk xalkining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta'lim tizimlari mamlakat Konstitusiyasi, ta'lim-tarbiya tо'g'risidagi qonunlar, «Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqidagi 179, 208, 385- sonli qonunlarda hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur ifodalangan. Respublika Konstitusiyasining 42-moddasida Barcha kishilar talim-tarbiya olish huquqiga egadirlar deb yozib qо'yilgan va fuqarolarning bilim olish huquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta'lim tо'la davlat nazoratida bо'lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta'lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta'lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini tо'la bajarishga majbur. Ta'lim bosqichlari quyidagi tarkibga ega: Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga tmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir. Maktabgacha ta'lim-tarbiyaning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va ahlokiy rivojlanishini ta'minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta'minlangan о'quvchilarga sharoit yaratish, turk tilida tо'g'ri va chiroyli gapirishni о'rgatishdan iboratdir. 1992 yilda Turkiyada 131023 bolani qamrab olgan 7763 bog'cha ishladi. By maktabgacha tarbiya ishidagi umumiy bolalar sonining 5 foizini tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya Boshlang'ich maktabda esa bolalar 6 yoshdan 14 yoshgacha ta'lim oladilar. Bu bosqichdagi maktab quyidagi maqsad va vazifalarni rо'yobga chiqarishga xizmat qiladi; Boshlang'ich maktab ta'limi a) har bir turk farzandiga yaxshi inson bо'lib kamol topish, bilimli bо'lish, uni milliy iftixor ruhida tarbiyalash va fikrlashga о'rgatish; 6) har bir turk farzandiga qiziqishi, qobiliyati va iste'dodlariga kо'ra ta'lim berish, ularni hayotga, о'qishning keyingi bosqichlariga puxta tayyorlashdan iborat. Boshlang'ich maktab ta'limi Boshlang'ich ta'lim muassasalari maktabgacha tarbiya bosqichidan sо'ng ikki qismga: 5 yillik boshlang'ich va 3 yillik о'rta maktablar bosqichiga bо'linadi. Har ikki bosqich maktabini bitirganlik haqida о'quvchilarga attestat beriladi. Bu ikki bosqich maktab sharoitiga qarab bir maktab bazasida yoki alohida-alohida ikki maktab tarkibida tashkil qilinishi mumkin. Aholi siyrak va tarqoq qishloqlarda maktab markaziy qishloqlardan birida ochiladi, guruhlashtirish imkoniyati bо'lmagan tumanlarda esa bu ta'lim bosqichi internatlar tipidagi о'quv muassasalari shaklida amalga oshiriladi. - ta'limning oliy bosqichiga tayyorlash dasturi; - kasbga va oliy ta'limga tayyorlash dasturi; - hayotga, ishlab chiqarishga tayyorlash dasturi va xokazolar. О'rta ta'lim boshlang'ich ta'limga tayanib, kamida uch yillik ta'lim beruvchi umumiy, kasbiy va texnik ta'lim muassasalarini о'z ichiga oladi. Uning asosiy maqsadi barcha о'quvchilarga umumiy о'rta ta'lim va shunga muvofiq umumiy madaniyat, inson va jamiyat muammolarini о'rgatish, ularni oliy ta'lim bosqichiga, hayotga, kasb-kor sohalariga tayyorlashdir. Bu maqsadlar о'rta umumiy ta'lim, turli dasturlarda kasb-kor о'rgatuvchi texnik-qurilish qishloq xо'jaligi yо'nalishlaridagi litseylarda amalga oshiriladi. О'quvning har bir bosqichi bо'yicha alohida-alohida dasturlar mavjud. O'rta ta'lim O'rta ta'lim ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.33 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga