Turkiyada ta'lim siyosatining olib borilishi

Turkiyada ta'lim siyosatining olib borilishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Turkiyada ta'lim siyosatining olib borilishi - rasmi

Material tavsifi

Turkiyada ta'lim siyosatining olib borilishi Reja: Turkiya talim tizimining mamlakat Konstitusiyasida ifodalanishi. Turkiya ta'lim tizimi va uning turlari. Turkiya litseylari va ularda ta'lim dasturlarining bajarilishi. О'zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, uning mustaqilligini birinchi bо'lib qardosh Turkiya Respublikasi tan oldi. Mamlakatlarimiz о'rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar, shu jumladan, ta'lim bо'yicha hamkorlik tez rivojlanib bordi va u bizning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarimizda takchi о'rinlardan birini egalladi. Bu hamkorlikning natijasi о'laroq, Respublikamizda 20 dan ortiq о'zbek-turk hamkorligidagi litseylar tashkil etildi va ular yaxshi faoliyat kо'rsatmoqdalar. Hap yili yuzlab о'zbekistonlik о'quvchilar va talabalar ta'lim olish uchun Turkiyaga jо'natilmoqda. Ayni vaqtda turkiyalik yoshlar ham Respublikamiz о'quv muassasalarida bilim olmoqdalar. Shuningdek, bu mamlakat bilan keng kо'lamda ta'lim bо'yicha mutaxassislar almashish yо'lga qо'yilgan. Hap ikki mamlakatdan ta'limni boshqarish muassasalarining, о'quv yurtlarining hamda ta'lim bо'yicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-metodik ishlar olib boruvchi mutaxassislar, о'qituvchilar va tarbiyachilar bir-birlariga tashriflar uyushtirib о'zaro tajribalar almashmoqdalar. Bularning barchasi ikki mamlakat maorifchilarining umumiy maqsad yо'lidagi ishlarni rivojlantirishga hissa bо'lib qо'shilyapti. Turkiya Respublikasida ta'limning qо'yilishining о'ziga xos tomonlari borligini hisobga olib, u haqda tо'laroq ma'lumotlar berish о'rinli deb hisoblaymiz. Respublikada hozir amaldagi ta'lim tizimlariga turk xalkining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta'lim tizimlari mamlakat Konstitusiyasi, ta'lim-tarbiya tо'g'risidagi qonunlar, «Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqidagi 179, 208, 385- sonli qonunlarda hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur ifodalangan. Respublika Konstitusiyasining 42-moddasida Barcha kishilar talim-tarbiya olish huquqiga egadirlar deb yozib qо'yilgan va fuqarolarning bilim olish huquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta'lim tо'la davlat nazoratida bо'lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta'lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta'lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini tо'la bajarishga majbur. Boshlang'ich ta'lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida bepul о'qitiladi. Majburiy ta'limdan sо'ng, uning keyingi bosqichlarida о'qishni davom ettirish istagini bildirgan, kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta'minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan. Ta'lim muassasalarida faqat о'quv-tarbiya ishlari, uni takomillashtirish bilan bog'liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari faoliyatlarga yо'l qо'yilmaydi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini о'rgatish mumkin emas. Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi quyidagicha: ta'lim tizimi bu mamlakatda ikki asosiy qismga bо'linadi. Ulardan birinchi qismi maktab ta'limi bо'lib, uning tarkibiga maktabgacha tarbiya, boshlang'ich ta'lim, о'rta va oliy ta'lim kiradi. Uning tarkibi quyidagicha: 1. Maktabgacha tarbiya bosqichiga maktab yoshiga tmagan bolalarni qabul qilish ixtiyoriydir. Maktabgacha ta'lim-tarbiyaning maqsadi bolalarni jismoniy, aqliy va ahlokiy rivojlanishini ta'minlash, ularni maktab bosqichiga puxta tayyorlab berish, kam ta'minlangan о'quvchilarga sharoit yaratish, turk ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.58 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga