Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti

Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti Reja: 1. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Markaziy Osiyoda ta'lim -tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti. 2. Ilk uyg'onish davrida o'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti. 3. Temuriylar davridan XIX asrgacha O'rta Osiyoda maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti. 4. X1X asrning ikkinchi yarmidan XX asr sobiq Sho'rolar davriga qadar Turkistonda maktab, ta'lim - tarbiya va pedagogik fikr. 5. Sho'rolar va milliy mustaqillik davrida O'zbekistonda maktab, maorif va pedagogik fikr. 1-Birinchi masalaning bayoni: Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha Markaziy Osiyoda ta'lim - tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti. Mamlakatimizning xamma jabhalari mustaqillik mafkurasi asosida tez rivojlanib, ijtimoiy - iqtisodiy, axloqiy va insoniy qadriyatlar yangicha milliy mazmun kasb etmokda. Respublikamiz rivojlanishini jadallashtirish inson omili, ma'naviy-madaniy qadriyatlar, millat tarixi, uning madaniyati, urf-odatlari, an'analari, kadimiy madaniy - ma'naviy merosi asosida yoshlar ta'lim -Tarbiyasini tashkil qilish, ularga kasb - hunar o'rgatishni jahon standartlari asosida tashkil etishni takozo kilmokda. Ushbu muhim vazifani amalga oshirishda avvalom bor xar bir bo'lajak tarbiyachi xalqimizning o'tmish tajribalarini o'rganishi, buyuk allomalar, ma'rifat darg'alari, donishmandlar, mutafakkirlar, davlat va jamoat arboblarining ilmiy-pedagogik merosidan foydalanishi katta ahamiyatga ega. Shunday ekan ushbu ma'ruzamizda mamlakatimiz hududida eng qadimgi davrlarda ta'lim - tarbiya, pedagogik fikr va maktab masalalari haqida fikr yuritishga harakat kilamiz. Darxakikat O'rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi vujudga kelgach, ishlab chiqarish kuchlari asta - sekinlik bilan rivojlandi. Kabila - kabila bo'lib yashayotgan xalq o'zlari uchun zarur bo'lgan oddiy, sodda ishlab chiqarish qurollarini yasashga kirishdilar. Natijada jamiyatda ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar shakllana boshladi. Turmush kechirish uchun jamoa bo'lib yashash zaruriyati paydo bo'lishi bilan ishlab chiqarish aloqalarigina emas, balki karindosh - urugchilik, xam shakllana bordi. Jamoada etnografik asosdagi muhim hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan ishlarni ayollar bajardilar, bola tarbiyasi ularning ixtiyoriga topshirildi. Shu asosda jamoada ayollarning mavkei ortdi. Jamiyatda ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida xususiy mulkchilik paydo bo'ldi, turli xildagi xo'jaliklar shakllana boshladi, kishilarda turmush tarziga munosabat o'zgardi. Respublikamizning bazi viloyatlari (Toshkent, Buxoro, Surxondaryo.)dan topilgan arxeologik kazilma boyliklardan ko'rinadiki, xalqimiz o'z fikr - maqsadlarini nakshlar orqali ifodalaganlarini ko'rish mumkin. Mamlakat hududida dehqonchilik, chorvachilikning rivojlanib borishi, xo'jalikda ishchi kuchiga ehtiyoj sezila boshladi. oqibatda yuzaga kelgan kulchilik jamiyatida kuldorlik xususiyatini ifodalovchi madaniyat, turli diniy akidalar, mifologik bilimlar paydo bo'ldi. Pedagogika fanlari doktori Sanobar Nishonovaning takidlashicha eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o'rganishda 3 asosiy manbaga tayanish mumkin: xalq og'zaki ijodi materiallari. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi. Arxeologik kazilmalar natijasida topilgan ashyolar. Ibtidoiy jamoa kishilari tabiatda yashin, dovul, zilzila, chakmok kabi hodisalarning yuz berishi sabablarini bilmaganlari uchun, dastlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.59 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.59 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga