Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr. O'rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari

Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr. O'rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr. O'rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari - rasmi

Material tavsifi

Turli tarixiy davrlarda tarbiya va pedagogik fikr. O'rta osiyoda pedagogika tarixi fanining maydonga kelishi va rivojlanishi, manbalari Reja: Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. O'rta Osiyoda ta'lim - tarbiya va pedagogik fikrlar. Qadimiy ma'rifiy yodgorliklarda ta'lim va tarbiya. Islom dinida ta'lim - tarbiya masalalari. Sharq mutafakkirlari ilmiy faoliyatining dunyoviy bilimlarning tarqalishidagi o'rni. Pedagogika tarixi fan va o'quv predmeti sifatida. Oliy o'quv yurtlarida pedagogika tarixi kursini o'tishda faqat o'tmish pedagoglarining emas, balki mashhur faylasuf, yozuvchi, jamoat va davlat arboblari, dinshunos olimlarning pedagogik qarashlari ham o'rganiladi. Bu buyuk allomalarning hayoti, ijodi va ular qoldirgan madaniy - ma'rifiy meros yosh avlod uchun ibrat va namunalar, ularning ta'lim - tarbiyaga oid ma'rifiy ta'limotlari yoshlarni ona - Vatanga, millatga sadoqat va hurmat ruhida tarbiyalashda, ularni iymon va e'tiqodli, insof va diyonatli, odob - axloqli, oqil va odil inson qilib tarbiyalashda, o'zligini anglatishda benazir qadriyatdir. XX asrga qadar davrlardagi ijtimoiy va madaniy hayot tarixidan shu narsa ma'lumki, ta'lim-tarbiyada ma'naviyatli, ma'rifatli barkamol yoshlarni yetishtirishda xalq pedagogikasining o'rni va mohiyati katta bo'lgan. Ming yillar davomida shakllanib, rivojlanib kelayotgan xalq pedagogikasi milliy pedagogika tarixining zamini bo'lgan. O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi…Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson… biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur (I. Karimov). Demak oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalar milliy pedagogika tarixi, insoniyat tafakkuri tarixi, ijtimoiy hayot tarixi haqida aniq tasavvurga ega bo'lishlari kerak. Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari. Umuminsoniyat tarixida IX-XV asrlarda -Sharqda uyg'onish davrida - ijtimoiy - madaniy hayotda katta o'zgarishlar yuz bergan. Ayniqsa Amir Temur asos solgan saltanat davrida ijtimoiy hayotda yuksalish, ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlangan. Bu davrda yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At-Termiziy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Yassaviy, NAQSHband, Ulug'bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojiga benazir hissalarini qo'shganlar. Bu buyuk mutafakkirlar turli fanlarga oid yaratgan asarlarida ma'naviy-madaniy qadriyatlarning ilmiy-falsafiy asoslarini ishlab chiqdilar. 1917-1990 yillarda ijtimoiy-siyosiy madaniy sohalarda kommunistik mafkura ta'lim-tarbiyaning asosi qilib qo'yilishiga qaramay xalqimizning tafakkuri, ma'naviy darajasi, pedagogik ong rivojlanib bordi. 1991 yilda O'zbekiston mustaqil bo'lishi bilan milliy ong, ma'naviyatimiz manbai - tarixi madaniy qadriyatlarimizni o'rganish va tiklashga musharraf bo'ldik. Ta'lim to'g'risidagi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta'lim-tarbiya mazmunan yangi bosqichga ko'tarildi, inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi uchun zamin yaratildi. Pedagogika tarixi ilmining manbalari, ilmiy nazariy va milliy asoslari hamda asosiy bo'limlari. Har bir millatning o'ziga xos milliy madaniyati va ma'rifati umuminsoniy madaniyat va ma'rifatning ajralmas qismidir. Umuminsoniy sivilizatsiyaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.19 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.19 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga