Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyatni tashkil qilish Reja: Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil qilish. Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini tashkil qilish usullari. Kichik (3-4 yoshdagi) guruhda O'rta (4-5 yoshdagi) guruhda Katta (5-6 yoshdagi) guruhda Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Masalan, loy bilan ishlashda - loy yoki plastilin, rasm chizishda - guash, rangli qalam, ko'mir tayoqchasi va hokazo. Shuningdek, tarbiyachi mashg'ulotning dastur mazmunini tanlashda, bolalarga qanday predmetlarni chizdirish haqida emas, balki shu predmetni chizdirish yoki loydan yasattirish orqali qanday bilim va ko'nikma berish yoki o'rgatish haqida ko'proq o'ylashi lozim. Ixtiyoriy mashg'ulotlarni rejalashtirishda esa tarbiyachi bolalarning mustaqilligini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi o'rgatish usullari to'g'risida o'ylab olishi kerakdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat bo'yicha - Tasviriy faoliyatning barcha turlari tevarak-atrof, hayotni obrazlarda tasvirlaydi, ammo har biri o'ziga xos xususiyatga ega ekanligini hisobga olmoq zarur. Ya'ni rasm chizish - predmet va voqealarni rangda tekis yuzada tasvirlaydi, loy hajmlarda, applikatsiya rangda, siluet ravishda. Tasviriy faoliyati turlari o'rtasidagi bog'lanish tarbiyachiga rasm chizish, loy, applikatsiya bo'yicha vazifalarni aniqlashga yordam beradi. Masalan, kichik guruhga doiraviy shakllarni o'rgatishda, oldin tayyor doira shakllarini applikatsiyada bergan ma'qul, so'ng esa rasm chizish mashg'ulotlarida bergan ma'qul. Tasviriy faoliyat turlari o'rtasidagi bog'lanish ma'lum bir mavzudagi mashg'ulotlar asosida ham bolishi mumkin. Masalan, rus xalq eftagi «Bo'g'irsoq»ni bolalar ham chizishi, ham applikatsiya, ham loydan yasashi mumkin. Bu turdagi takrorlanish mavzuga nisbatan qiziqishlarini pasaytirmaydi, chunki har bir faoliyat turi jarayonida bolalar ertak qahramonlarining xilma-xil tasvirining yangi usul va yo'llari bilan tanishadilar. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini to'g'ri rejalashtirishda, mashg'ulotlar o'rtasida ularning dastur vazifalari, mavzular o'rtasida bog'lanish vujudga keladiki, buning natijasida yangi malaka va ko'nikmalarini va bilimlarni egallashlarida ma'lum ketma-ketlik va bog'lanish vujudga keladi. Masalan, «Qushlar» mavzusi asosida olib borilgan mashg'ulotlar jarayonida bolalar don cho'qiyotgan qushni loydan yasashni, shoxda o'tirgan qushni rasmini chizishni, afsonaviy qushni qanday qilib qog'ozdan qirqib olishni bilib oladilar. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi bolalar bilan ishlashda foydalanadigan metod va usullariga ham ahamiyat bermog'imiz lozim. Bular ko'rsatmali va og'zaki metod hisoblanadi. Ko'rsatmali va og'zaki metod o'zaro birgalikda olib borilishi lozim. Tarbiyachi tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishga juda katta ahamiyat bermog'i lozim ekan. Tarbiyachi ishni rejalashtirishga qanday ahamiyat bergan bo'lsa, ishni hisobga olishga ham shunday e'tibor bermog'i lozim bo'ladi. Chunki bu narsa -tarbiyachiga tasviriy faoliyatga o'rgatish bo'yicha dastur vazifalari talablari qanday bajarilganligini aniqlashga va mashg'ulotlarnmg sifatli chiqishi uchun qanday tayyorgarlik ishlarini ko'proq olib borish lozimligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.16 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: pptx