Tushuncha R e j a : Tushuncha va uning shakllanishi usullari Tushuncha mazmuni va hajmi. Tushuncha turlari ta'riflash Bo'lish Tushunchalar o'rtasidagi munosabatlar Tushunchalarni umumlashtirish va chegaralash. -1- Har qanday narsa malum manoda xossalar yig'indisidir. Ushbu hossalar muhim va muhim bo'lmagan hossalarga bo'linadi. Muhim belgilar narsaning mavjudligini ta'minlaydi, uni boshqa narsalardan ajratib olish imkonini beradi. Tushuncha-tafakkur shakli bo'lib narsaning muhim belgi xossalarini ifodalaydi. U so'z va iboralar yordamida izhor etiladi. (san'at, O'zbekiston Respublikasi). Bir tushuncha ikki sinonim so'zlarda o'z ifodasini topishi ham mumkin. Tushuncha bosh asosiy usullar yordamida shakllanadi: Tahlil-narsani fikran tarkibiy qismlarga bo'lish. Sintez-turli hossalarni elementlarni fikran bir butunlikka bir-lashtirish Taqqoslash-narsalar o'rtasidagi o'xshashlik va tafovut haqida fikrlash. Mavhumlashtirish-fikran narsaning bir hossasini uning o'zidan aj-ratib olish. Umumlashtirish turli narsalarni bir tushuncha bilan ifodalash. -2- Har qanday tushuncha o'z mazmuni natijaga ega. Tushuncha mazmuni narsaning muhim belgilari yig'indisidan iborat bo'lsa, uning hajmida narsalarning umumlashtirilgan sinfi o'z ifodasini topadi. Tushunchaning hajmi boshqa tushunchaning hajmiga kirishi mumkin (motorli qayiq- qayiq) birgina (qayiq ekanligi) belgisi umumlash uchun asos bo'ladi. Boshqa belgilar etibordan chetda qoladi. Shu boisdan tushunchaning hajmi kattara borgan sari uning belgilari kamaya, mazmuni esa toraya boradi. Buni tushuncha mazmuni va hajmi orasidagi teskari munosabat deyiladi. Tushunchalar o'z hajmiga ko'ra uchga bo'linadi. a) Yakka tushunchalar olamda tanho mavjud bo'lgan narsalarni ifodalaydi. b) Umumiy tushunchalar olamda ko'p nusxada mavjud bo'lgan narsalarni ifodalaydi; sinflarni ifodalovchi tushunchalar (gul o'simlik ) ham umumiy hisoblanadi. v) Hajmsiz tushunchalar ideal narsalarni ifodalaydi (baxt,adolat muvaffaqqiyat). Tushunchalar o'z mazmuniga ko'ra qo'yidagi to'rt juftlikka bo'linadi: 1. Konkret (aloqadagi narsalar) va mavhum (narsalarning biror belgisi haqidagi) tushunchalar (uy, qizil). 2. Nisbatli (birining mavjudligi ikkinchisining mavjudligidan dalolat beruvchi narsalar haqidagi va nisbatsiz t(mustaqil mavjud bo'lgan narsalar haqidagi)tushunchalar (ota-ona, soat). 3. Musbat (narsada biror belgining yo'qligini ifodalovchi)va manfiy (narsada biror belgining yo'qligini ifodalovchi) tushunchalar (adolatli, savotsiz) ijobiy xislat musbat, salbiy xislat manfiy bo'lmasligi ham mumkin. 4. Jamlovchi (sinfni ifodalovchi) va jamlovchi bo'lmagan (shu sinfning elementini ifodalovchi) tushunchalar. Jamlovchi tushunchaning mazmuni uning hajmiga kiruvchi biror elementning mazmunidan tubdan farq qiladi (masalan, daraxtning bittasi, o'rmon bo'lmaydi). -3- Tushunchaning mazmunini ochib berishga qaratilgan mantiqiy opera-tsiyaga ta'rif deyiladi. ta'rifning (definitsiyaning) ikki azosi bor: ta'riflanuvchi (definiendum) va ta'riflovchi (definiens). ta'riflanuv-chining mohiyatiga qarab ta'rifni ikkiga bo'lamiz: Real ta'rifda predmetni ifodalovchi tushunchaning mohiyati ochib beriladi (uy-). Nominal ta'rifda predmetni ifodalovchi tushunchaning mohiyati ochib beriladi (filosofiya-). ta'riflovchining mohiyatiga qarab ta'rifni ikkiga bo'lamiz: Aniq ta'rifda tushuncha mazmunini muhim belgilarni sanash orqali ochib beriladi (psixrometr-havo harorati va namligini o'lchovchi asbobdir). Noaniq ta'rifda ta'riflovchi vazifasini konkret aksioma ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.1 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.1 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc