Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Fuzarioz

Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Fuzarioz

O'quvchilarga / Pedagogika
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Fuzarioz - rasmi

Material tavsifi

Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Fuzarioz Reja: Fomoz Tut barglarining dog'lanish kasalliklari Un shudring Chirish kasalliklari Tut kasalliklariga qarshi qo'llaniladigan tadbirlar tizimi Kasallik qo'zg'atuvchisi - Fusarium turkumiga mansub zamburug'' turlari. Ma'lumki, pillachilik Respublikamiz qishloq xo'jaligining eng serdaromad va rivojlangan tarmoqlaridan biridir. Mazkur tarmoq esa o'z navbatida uning oziqa manbai bo'lgan tutchilik bilan chambarchas bog'langandir. Tut daraxti xam boshqa o'simliklar kabi har xil guruhga mansub mikroorganizmlar va yuqumsiz kasalliklar bilan zararlanadi. A. Sheraliev (1992) ma'lumotlariga ko'ra, fuzarioz kasalligi Respublikamiz sharoitida eng ko'p tarqalgan kasalliklar jumlasidandir. Tut ko'chatlarida tuproqdan unib chiqqan vaqtdan boshlab fuzarioz kasalligi namoyon bo'la boshlaydi va ularning 27-39% i nobud bo'ladi. Kasallik ko'chatlarning mo'rtagidan hosil bo'lgan barglardan boshlanadi va dastlabki chin barglarda xam kuzatiladi. Ular asta-sekin bujmayadi, qorayadi va qurib qoladi. Poya va ildizlari jigarrang tusga kiradi. bahorda urug'dan ekilgan ko'chatlar kuzda kavlab olinib, tup-roqqa ko'mib qo'yiladi. Kelgusi yil bahorda novdasi va ildizi qirqilib, ko'chat oralig'i 25 sm, qator oralig'i 60 sm masofada ekiladi. Ularda kasallik belgilari yoz faslining o'rtalarida boshlanadi. Bunda ular sekin-asta quriy boshlaydi. Barglarning chetlari sarg'ayadi va bujmayib qoladi. Ko'chatni yerdan sug'urib olganda ildiz parenximasining chiriganligi, yog'och qismi va markaziy silindrning yuzasi mitseliylar bilan qoplanganligi, kesilgan to'qimaning to'q binafsha yoki qoramtir qo'ng'ir tusga kirganligi, novdani kesganda qurib qolgan joyida nekroz paydo bo'lganligini kuzatish mumkin. Mazkur holatlar mikologik tahlil qilingan, ularda ko'proq Fusarium solani, F. solani var. argillaceum, F. javanicum va boshqa tur zamburug''lari ajraladi. Ba'zan ko'chatlarning ildizi yaxshi taraqqiy etsa xam, tana-sining yer ustiga yaqin qismidagi kurtaklar rivojlanib bachki novdalar paydo bo'ladi. Ularning pastki qismidagi barg cheti quriy boshlaydi va asta-sekin burishib, to'qilib ketadi. Kasallik keyinchalik yuqoridagi barglarda xam namoyon bo'ladi. Barg bandi kesilganda kuchli nekroz ko'rinadi. Bunday ko'chatlardan F. moniliforme, F. heterosporium, F. lateritium, F. gibbosum, F. sambucium, Verticillum, Cephalasporium, Alternaria oilalariga mansub zamburug''lar ajraladi. Payvand qilingan ko'chatlarda xam fuzarioz so'lish kasalligining belgilari yuqorida aytib o'tilganlar kabi namoyon bo'ladi, ya'ni barg chetlari sarg'ayadi, barg burishadi va to'qiladi. Tana va novdalarda nekroz hosil bo'ladi. Ma'lumki, tut ko'chatlari doimiy o'sadigan joylarga ekili-shidan oldin uning ildizlari bir necha marta kesiladi. Tut ko'chatlari orasiga g'o'za, poliz, sabzavot va boshqa ekinlar ekiladi. Ularni yozda bir necha marta yumshatish natijasida ko'chatlarning ildizi yana bir necha marta mexanik shikastlanadi. Bunday shikastlangan joylardan tuproqdagi mikrofloraning ko'chatlar ichiga kirishiga yaxshi imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun bir yillik ko'chatlarda fuzarioz bilan kasallanish belgilari ko'proq namoyon bo'ladi. 5-8 yoshga etganda bunday kasallangan ko'chatlar umuman qurib qoladi. Kasallangan tut ko'chatzorlarini tekshirish natijasida 5 ta seksiyaga mansub ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.61 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.61 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga