Uchinchi mingyillikning bolasi dasturidagi ilk yoshli va kichik guruh davri tashkili Reja: 1. Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish. 2. Nutqi va tafakkurini rivojlantirish bo'yicha ilk yoshli va kichik guruhlarda ko'rsatiladigan vazifalar. 3. Ilk yoshli va kichik guruhlarda ma'naviy yetukligi bo'yicha dastur vazifalari. 1 lar guruhi Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish, 2 lar guruhi Nutqi va tafakkurini rivojlantirish boyicha ilk yoshli va kichik guruhlarda ko'rsatiladigan vazifalar. 3 lar guruhi Ilk yoshli va kichik guruhlarda ma'naviy yetukligi bo'yicha dastur vazifalari muammolarini ochib berish ustida ish olib boradilar. Har qaysi guruh a'zolari 2 guruhni taqqoslagan holda dasturda ko'rsatilgan vazifalarni hohlagan ko'rinishda loyihasini tuzadilar. Guruh sardorlari o'z guruhini himoya qiladilar. O'qituvchi rag'batlantiradi, to'ldiradi, xulosalaydi. 1.Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. 2. Uchinchi mingyillikning bolasi tayanch dasturi. 3. Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Bolalarni jismonan rivojlantirish. Bolalarni har kungi ertalabki badan tarbiya, haftada 2 marta jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida, sayr paytidagi qoidali-harakatli o'yinlar jarayonida gavdaning tik holatini saqlashga tarbiyachining ko'rsatmasiga taqlid qilgan holda harakatni tushunib, birgalikda harakat qilishga o'rgatadi. To'g'ri yo'nalishda muvozanatni saqlab teng qadamlab yurish, kichik narvonchaga chiqish va tushish (balandligi 1 metr) chambarak ichiga emaklab o'tish(2 metr masofa), 30-40sm to'siq tagidan o'tish harakatlari o'rgatiladi. Tarbiyachi ketidan to'p-to'p bo'lib yurish, doira bo'ylab juft-juft bo'lib yurish, yurishdan yugurishga, yugurishdan yurishga o'tish oldinga, yonga qadam tashlash. Tarbiyach ketidan yugurish dumalayotgan to'pni quvib yetish, ikki chiziq oralig'idan ularni bosmasdan yugurish. Bir uchi poldan 15-20 sm ko'tarilgan taxtadan yurib ko'tarilish (eni 25 sm, uzunligi 1,5-2 sm) va undan tushish. Balandligi 15 sm bo'lgan yashik ichiga tushishi va undan chiqish. Poldan 15-25 sm ko'tarilgan chizimga yoki tayoqcha ustidan kattalar yordamida hatlab o'tish. To'pni ikki qo'llab oldinga pastdan, ko'krak oldidan, boshdan oshirib o'tish tarbiyachi otgan 50-100 sm oraliqdagi to'pni ilib olish. To'plar, qumli haltachalarni 1 metr masofaga ikki qo'llab o'ng yoki chap qo'llab irg'itish harakatlarini bajarishga o'rgatiladi. 2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. Nutq va tafakkurini rivojlantirish bolalarni atrofidagi narsalar bilan tanishtirish hamda ularning nomlarini aytishga o'rgatish hovlidagi daraxt, gul va boshqa turli buyumlarning nomlarini, o'zi hamda oila a'zolarining ismini to'g'ri aytishga, qarindosh-urug'chilikni ifodalovchi so'zlar (buva, buvi, tog'a, amaki, xola, amma kabilar) xonadondagi buyumlar(televizor, radio, magnitofon, stol, stul-kursi, xontaxta, choynak, payola) kiyimlar(ko'ylak, chopon, do'ppi, tufli)ning nomlarini to'g'ri aytishga o'rgatish. So'zlarni son va kelishikda moslashtirishni, otlarni birlik va ko'plikda ishlatishni o'rgatish. Tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgatishda davom etish. Tarbiyachi nutqini qunt bilan eshitish va uni tushunish. Ertak va qisqa hikoyalarni tarbiyachining savollari, ilyustratsiyalari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.3 KB
Ko'rishlar soni
31 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc