Uchinchi ming yillikning bolasi dasturidagi o'rta va katta yosh davri tahlili Reja: O'rta va katta guruh bolalar jismonan rivojlantirish bo'yich dastur vazifalari Nutqi va tavakkurini rivojlantirish bo'yicha dastur vazifalari Ma'naviy yetukligi bo'yicha amalga oshiriladigan vazifalar. 1. O'RTA GURUH BOLALARINI JISMONAN RIVOJLANTIRISH Bola 4 yoshdan oshgach, uning jismoniy o'sishi yana birmuncha jadallashadi. Chunonchi, bolaning bo'yi 4 yoshdan 5 yoshgacha 6-7 smga o'sadi. Bu yoshdagi bola g'oyat serharakat tirishqoq va tinib-tinchimas bo'ladi. U ko'p o'ynaydi, harakatda bo'ladi. U ishlarda bajaonidil ishtirok etadi. Bu yoshdagi bolalarning sog'lom va erkin o'sishda ularni to'g'ri ovqatlantirish, uxlatish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarning o'ta qo'zg'aluvchanligi ularni toliqishga olib kelsa kamharakatlik jismoniy rivojlanishini susaytiradi. Shuning uchun ham ota-ona hamda mutasaddi kishilar bolalarning harakati va hordig'I me'yorida bo'lishiga alohida e'tibor qilishlari zarur. Bolalarning jismoniy rivojlanishida o'yin alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarni jismoniy mashqlarni bajarishga o'rgatish. Bolalarni tovonda, oyoq uchida, mayda va katta qadamda yurish, yurishdan yugirishga o'tish, oyoq tovonida va oyoq uchida yurishga o'rgatish. Bolalarni 40-60 metr masofaga to'xtamasda yugirishga, 20-25 metr masofani tez yugurib o'tishga o'rgatish. Bir joyda turib 20-25 marta sakrab, balandligi 20-25 sm bo'lgan buyum (to'siq) lardan, oralig'I 40-50 sm bo'lgan chiziqlardan sakrab o'tish mashqlarini bajarishga o'rgatish. To'p va chambarakni dumalatish, ularni yuqoriga irg'itib ulib olish, o'zaro bir-biriga irg'itishga o'rgatish. Qo'l va yelkani rivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatish, jumladan qo'llarni tirsakdan bukib aylanma harakat qilishga kursiga tayangan holda mashqlar bajarishga o'rgatish, oyoqlarni rivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatish. Buyumlarni oyoq kaftlari bilan bir joydan boshqa joyga olish mashqlarini bajarish. Gavdani rivojlantiruvchi mashqlarni o'rgatish. Jumladan, tayanib o'tirgan holda oyoqlarni bukib ko'tarish, oyoqlarni chalishtirib o'tirib turish, tizzada turib belni harakatlantirish mashqlarini bajarishga o'rgatish. Jismoniy mashqlarni bajarishga bolalarning jinsiga hos xususiyatlarni inobatga olinishi lozim. O'g'il bolalar uloqtirish, dumalatish kabi bevosita jismoniy kuch talab etiladigan mashqlarni bajarsalar, qiz bolalar chaqqonlikni, epchillikni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug'ullanishlari zarur. Bolalarni jismoniy rivojlantirish maqsadida quyidagi harakatli o'yinlar tavsiya etiladi: Do'ppi tashlar, Bog'bon, Uchdi,uchdi, sakradi, Oq terakmi, ko'k terak, Qushim boshi, Qopqon, Do'ngdan-do'ngga, Xo'roz, Qo'chqor, Tramvay, Daladagi qo'zichoq, Quyoncha hamon o'tiribdi, Tulki tovuqxonada, G'ozlar-g'ozlar, Ot o'yini, Arg'imchoq o'yinlar. KATTA GURUH BOLALARINI JISMONAN RIVOJLANTIRISH. Bolalarni jismonan mashqlarni muntazam bajarishga o'rgatish. Sport turlari bilan tanishtirish hamda ularning u yoki bu sport turiga bo'lgan qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish. Sport o'yinlarini o'rgatish jismoniy mashqlar qilishga odatlantirish. Katta - katta qadam tashlab yurishga o'rgatish. Yarim o'tirgan holda tovonda va barmoq uchlarida turish, oyoq yonlariga tayanish. Qo'llarni turli harakatli yo'naltirishga, oyoqlarni chalishtirib qadamlar oralig'idagi masofani o'zgartirib borishga, tizzalarni baland ko'targan holda uchlarida, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.71 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.71 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:19 ]
Arxiv ichida: doc