Umum ta'lim maktabda olib boriladigan ishlar 1. UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDAGI PSIXOLOG IShI. 2. O'qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori sifatida. 3. MAKTABGA QANDAY PSIXOLOG KYeRAK. REJA Psixolog ishini nimadan boshlashi kerak Bugungi kunda ko'pchilik umumiy o'rta ta'lim maktablari o'zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o'qituvchilar ko'pincha psixologning qo'lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o'zgarmaganini ko'rishgach, ularda «Maktab psixologining o'zi nima keragi bor Shuni alohida takidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o'rgangan nazariy bilimlar etmay qoladi . Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko'pincha amaliyotning ular oldiga qo'ygan muammolaridan dovdirab qoladilar Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o'rta ta'lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi: PSIXOLOG VAZIFASI 1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to'laqonli rivojlanishini ta'minlash, ularda o'z-o'zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish: 2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o'rganilishini ta'minlash 3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o'qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda engib o'tishi kerak bo'lgan birinchi to'siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo'shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo'shilib keta olmasa, o'z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir. O'z- o'ziga ishonchi sust bo'lgan o'qituvchilar psixologni go'yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar Buning oldini olish uchun psixolog o'qituvchilar bilan o'zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o'zini bilag'on qilib ko'rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o'qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar. Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma'muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo'jizalar ko'rsatish uning qo'lidan kelmasligini tushuntirishi lozim. O'qituvchi bilan bo'lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo'lmagani uchun u bo'yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo'rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo'yishda ota-onalar bilan aloqa o'rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo'lishi va o'zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Demak, umumiy o'rta ta'lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog . O'zining pedagoglar jamoasi va maktab ma'muriyati bilan bo'lgan munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishi. 2. O'z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta'minlash ekanini doim yodda saqlashi 3. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.35 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: pptx