Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti asosidagi mehnat ta'limi dasturining ilmiy-uslubiy tahlili

Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti asosidagi mehnat ta'limi dasturining ilmiy-uslubiy tahlili

O'quvchilarga / Pedagogika
Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti asosidagi mehnat ta'limi dasturining ilmiy-uslubiy tahlili - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standarti asosidagi mehnat ta'limi dasturining ilmiy-uslubiy tahlili Reja: Umumiy o'rta ta'limda mehnat ta'limi fanini o'qitishning maqsad va vazifalari. Mehnat ta'limining yo'nalishlari O'quvchilarni mehnat ta'limini amalga oshirish uchun hal qilinishi lozim bo'lgan vazifalar. Mehnat ta'limidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish. Umumiy o'rta ta'limda mehnat ta'limi fanini o'qitishning maqsad va vazifalari. Mustaqil Respublikamizda joriy etilgan o'quv dasturi umumta'lim maktablarida mehnat ta'limi fanini o'qitishning mohiyati, mazmuni, maqsadi vazifalari tamoyillari va boshqa mezonlarini belgilaydi. Dastur O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-ning 199 yil 14-15 aprelda o'tkazilgan birinchi chaqiriq XIV sessiyasida Prezident I.A.Karimov nutqida belgilab berilgan ta'lim sohasini rivojlantirishning hozirgi dolzarb masalalari barkamol avlodni vatanparvar, mehnatsevar, ilmli bo'lishini ta'minlash yuzasidagi vazifalarga, O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dastur» lariga binoan ishlab chiqilgan. Dastur 1998-199 o'quv yilida Respublikaning belgilangan maktablarida mehnat ta'limi o'quv fanidan o'tkazilgan tajriba sinovlari natijalariga asosan tuzilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktabida mehnat ta'limi fanini o'qitishning maqsadi - o'quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar turlari bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko'nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlash, ularni ahamiyatini tushuntirishga o'rgatish hamda kasb tanlashga tayyorlash orqali ularning kasbgacha bo'lgan tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta'limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo'ladi. ta'limiy vazifa- o'quvchilarning barkamol shaxs bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, kasblar, umumiy texnologiya, texnika va ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini o'rgatish, ularni kasb tanlashga yo'naltirish, kamida 3 ta kasb bilan dastlabki tayyorgarliklarini amalga oshirish va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olishga tayyorlashdan iborat. Tarbiyaviy vazifa- o'quvchilarning mehnat ko'nikmalarini shakllantirish jarpayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat. Rivojlantiruvchi vazifa- mehnat ta'limi mashg'ulotlari jarayonida o'quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiya va ta'lim berish, kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish orqali ularning barkamol shaxslar bo'lib etishishlariga yordam berishdan iborat. Mehnat ta'limi fanining mazmuni shartli ravishda 3 ga, yani mehnat ta'limi tayyorgarligi, kasblar bo'yicha tayyorgarlik va kasbgacha maxsus tayyorgarlik qismlariga bo'linadi. Bu qismlar har bir dars va mashg'ulotlarning tarkibiga singib ketgan bo'lib, ularning o'qituvchilar va uslubchilar tomonidan ilmiy-uslubiy nuqtai-nazaridan hisobga olingan holda tahlil qilib borilishi mehnat ta'limi mashg'ulotlarining aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishini ta'minlaydi. Mehnat ta'limining yo'nalishlari. Mehnat ta'limining yo'nalishlari maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalar kasblarga muvofiq tanlab olinadi. Shunga ko'ra har bir maktabda mehnat ta'limining quyidagi yo'nalishlari asos qilib olinishi mumkin. yog'och va unga ishlov berish texnologiyasi metall va unga ishlov berish texnologiyasi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi pazandachilik asoslari qishloq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.07 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga