Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yozuvchi tarjimaiy holini o'rganish

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yozuvchi tarjimaiy holini o'rganish

O'quvchilarga / Pedagogika
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yozuvchi tarjimaiy holini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida yozuvchi tarjimaiy holini o'rganish Reja: 1.Yozuvchi hayoti va ijodini ta'lim bosqichlarida o'rganishning ahamiyati. 2.Ijodkor hayotini o'rganishning shakl va usullari. 3.Ijodkor tarjimaiy holini o'rganishda tanqidiy maqolalar va tazkiralarning ahamiyati. Badiiy asarlarni o'rganishda uning muallifi haqidagi ma'lumotlar ham ayricha ahamiyat kasb etadi.Bu ma'lumotlar ko'pincha,asarning g'oyaviy-badiiy mazmunini teranroq anglashda ,asarning ijtimoiy-estetik mohiyatini to'g'ri belgilashda yordam beradi. Adabiyotshunos olim D.Quronov bu haqda yaxshigina kuzatishlarini e'lon qilgan: Ko'pincha el ichida ijodkorlar to'g'risidagi turli-tuman mish-maishlar, uzun-quloq gaplarga duch kelinadiki, goho ularning bir-biriga tamomila zidligi-yu aql bovar qilmas darajada ajabtovurligidan shoshib qoladi kishi.Albatta, bu nav mish-mishlar el nazdida katta obro'-e'tibor topgan kishilar hayotiga qiziqishning zo'rligidan yuzaga keladi.Biroq o'ylashimcha, buni ommaviy qiziquvchanlikning o'zi bilangina izohlash kam ko'rinadi. Zero, buning asosiy sabablaridan biri sifatida adabiyoshunosligimizda ijodkor biografiyasini o'rganishga yetarli e'tibor berilmasligini ko'rsatishga moyilmiz. Hatto, sir emas, ijodkor biografiyasi bilan bog'liq ishlarga mensimasdanroq, ilmdan yiroq hodisa sifatida qarash hollari ham yo'q emas. Holbuki, adib-u shoirlar hayotiga oid faktlarni to'plash-u ilmning chinakam qora ishi sifatida baholanishi kelrak.Sababki, bu xil ishlar konkret ijodkorning shaxs va san'atkor sifatidagi tadrijini kuzatish yoki konkret asarning ijodiy tarixini, uni to'g'ri talqin qilish uchungina emas, ijod psixologiyasi, ijodkor va jamiyat munosabati kabi qator umumestetik muammolarni yoritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramay, muallifning shaxsiyati uning asarlarida turlicha aks etishi mumkin. Ba'zan u ochiqdan ochiq ifodalansa, ba'zan muayyan vositalar orqali tasvirlanishi, ba'zi hollarda esa muallifning shaxsiyatini bevosita idrok etish ancha qiyin kechadi.Metodist olimlar to'g'ri ta'kidlashganiday, har bir asar muallifning ma'vaiy portretidir.Badiiy asarning ijodkor shaxsiyatining ifodachisi ekanligini anglab yetgandan keyingina asar mohiyati ham , uning muallifining nuqtayi nazarlari ham o'quvchiga to'laroq va teranroq tushuniladi.Shundagina muallifning adabiyotga, jamiyatga, shu xalq va millatga bo'lgan muhabbati va xizmatlari to'la idrok etiladi. Yozuvchi, san'atkor oddiy kishilardan shu bilan ham farq etadiki, uning asarlarida hayot hodisalari, faktlar faqat qayd etilibgina qolmaydi.Har gal biror hodisa, fakt haqidagi hikoya-yozuvchining,san'atkorning shu narsaga, hodisaga, pirovardida-kishilarga ijobiy yoki salbiy munosabati bilan sug'orilgan bo'ladi.Bu munosabat faktori shunchalik muhimki, faqat ugina bizga hodisa haqida haqqoniy, mukammal, yorqin tasavvur bera oladi. San'atkorning ijobiy munosabati, mehri va muhabbati bilan qizdirilgan hayotiy fakt, xuddi endigina cho'g'dan olingan temirdek, o'z rangi, harorati,fazilatlari bilan hayratga solishi va tahsinimizga sazovor bo'lishi mumkin. Asar matni ustida ishlash asnosida muallif nuqtayi nazarini aniqlashga imkon beradigan nuqtalarga o'quvchilar e'tiborini tortish, shu asosda muallif aytgan fikrlar zamiridagi aytilmagan nuqtalarni topishga imkon qidirish mumkin bo'ladi. Ayrim adiblarning tarjimaiy holini o'rganishda boshqa kishilar, mashhur shaxslar, yirik olimlar, yiirk davlat va jamoat arboblarining fikrlaridan ham foydalanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.81 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.81 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga