Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish monitoringi Reja: Monitoring maqsadlari Monitoring hujjatlari Maktabda monitoring turlari Maktabda monitoring yo'nalishlari Monitoringni amalga oshirish bosqichlari Monitoring - (ingl., lotincha monitor - eslatuvchi, nazorat qiluvchi qiluvchi manolaridagi so'zga inglizcha - ing - harakat nomi qo'shimchasi qo'shilgan bo'lib, kuzatish, nazorat qilish manolarini bildiradi). 1. Biron-bir jarayonni uning kutilgan natija yoki dastlabki tahminga muvofiqligini aniqlash maqsadida doimiy kuzatib borish. 2. Malum bir hodisa yoki jarayonning holatini (mas., qabul qilingan qonunning bajarilishini) kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qo'llaniladi. Masalan, ekologiya sohasida yer fondi holati bo'yicha kuzatishlar tizimi yer monitoringi deb ataladi. Shuningdek, kredit monitoringi. OAV monitoringi, jamoatchilik fikri monitoringi. Atrof-muhit monitoringi kabi yo'nalishlarda olib boriladi. Monitoring ijtimoiy taraqqiyotni faollashtirishda muhit omil sanalganligi bois, uni xalq xo'jaligining turli jabhalariga faol va keng joriy etish maqsadga muvofiqdir. Xususan, monitoring oilada farzand tarbiyasi, ta'lim tizimida o'zlashtirish holati va darajasi, o'z-o'zini boshqarish organlarida aholini maqsadli ijtimoiy-himoyalash kabi ishlarni optimallashtirishda muhim vazifani bajaradi. Monitoring maqsadlari: - ahvolni o'rganish; - yaxshilash choralarini aniqlash; - samaradorlikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berish; - istiqbol rejalari uchun takliflar berish kabilardan iborat bo'ladi. Umumiy o'rta ta'lim muassasasida monitoring me'yoriy-huquqiy, o'quv-metodik, hisob va hisobot hujjatlari monitoringi yo'nalishlarida olib boriladi, jumladan: me'yoriy-huquqiy hujjatlar: ta'lim to'g'risidagi Qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Tegishli Farmon, Qaror, buyruqlar Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi Nizom Umumiy o'rta ta'lim muassasasining Ustavi Ish yuritish tartibi, Reglamenti, Ichki tartib-qoidalar, ish rejalari va boshqalar. O'quv-metodik hujjatlar: DTS, o'quv-reja, dasturlar, o'quv-tarbiyaviy ishlar rejalari, metodik tavsiya va tavsiyanomalar. Darslar jadvali, sinf jurnallari, davomat va o'zlashtirish nazorati hujjatlari. ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari, sinfdan tashqari ishlar rejalari va bajarilishi haqida hisobotlar. Hisob va hisobot hujjatlari: O'quvchilar va ular harakatini hisobga olish hujjatlari. Pedagog kadrlar hujjatlari. Qatiy hisobotdagi hujjatlar. O'quv-moddiy negiz, uning hisobi, saqlanishi, foydalanilishi va nazorati hujjatlari. Moliya-xo'jalik faoliyati hujjatlari. ta'lim muassasasi ish rejalarining bajarilishi hisoboti. Maktabda monitoring turlari: - kundalik, o'quvchilarning kundalik davomati, o'qituvchilar davomati va shu kabilar (buni muntazam yoki uzluksiz monitoring deb ham ataladi); - haftalik, bir hafta davomidagi vazifalarning bajarilishi; -oylik, bir oy davomidagi vazifalarning bajarilishi; - choraklik, rejalar va topshiriqlarning chorak davomida bajarilishi; - yillik, yil davomidagi vazifalarning bajarilishi; -yakuniy, har bir vazifaning yakunida, yil yakunida o'tkaziladigan monitoring; -ichki, ta'lim muassasasi xodimlari tomonidan o'tkaziladigan monitoring; -tashqi, yuqori tashkilotlar xodimlari tomonidan o'tkaziladigan monitoring; - bosqichli monitoring, vazifaning davomiyligi asosida belgilangan muddatning turli oralik davrlarida hamda yakunida o'tkaziladigan monitoring. Maktabda monitoring yo'nalishlari: Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoni monitoringi xolisligini ta'minlash ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
104.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
104.92 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: ppt