Umumiy o'rta ta'lim muassasalariga metodik xizmat ko'rsatish Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim muassasalarida 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturi asosida ta'lim samaradorligini ta'minlash, ta'lim mazmunini boyitish takomillashtirilgan DTS va yangi tahrirdagi o'quv dasturlarini tajriba-sinovdan o'tkazish ishlari qizg'in pallaga kirayotgan paytda o'qituvchilarga ko'rsatilayotgan metodik xizmat doirasi qanday ahvolda, uni yaxshilashga diqqat etibor qaratilmoqdami? Bunday muammolarni hal qilish maqsadida qanday vazifalarni bajarishimiz zarur. Hozirgi kunda ta'lim muassasalariga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish etarli darajada emasligi yaqqol sezilib turmoqda. O'qituvchilarning o'z ustida ishlashi, mustaqil o'qishlari uchun talab kuchaymoqda. Bu ularning fikrlash doirasi kengayishiga, vaqtning tejalishiga, ijodiy qobiliyatining rivojlanishiga zamin yaratadi. Metodik xizmat-ta'lim mazmunini tashkil qiluvchi bosh omildir. Mamlakatimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog'liq. Bilimni mustaqil o'zlashtirish esa uning shaxsiyatini mustahkamlaydi. O'qituvchining haqiqiy yo'li bu jarayonda faol bilim olish va malaka oshirishdir. O'qituvchining mustaqillik g'oyasiga e'tiqodi, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkuri, kasbiga doir tegishli ma'lumotga, yani o'z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo'lishi va baholay olishi, o'rganishi, pedagogik ta'sir ko'rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim. Metodik xizmat ko'rsatish jarayonida tuman (shahar) metodika kabinetlari muhim rol o'ynaydi. Metodika kabinetlari tuman (shahar) dagi barcha metodik ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi, yangi ilg'or pedagogik g'oyalarni, tajribalarni umumlashtiradi, tanlaydi, targ'ibot qiladi va hayotga tatbiq etadi. ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuch vazifasini o'taydi. Bu to'g'rida O'zbekiston Respublikasi XTV, Respublika ta'lim Markazi bilan hamkorlikda tayyorlagan Metodika kabineti ishini tashkil etish tavsiyasi yaratilib, 2004-2005 o'quv yilida viloyatimizning barcha tuman (shahar) lari XTB lariga etkazilgan. Unda metodika kabinetining vazifalari aniq va mukammal bayon qilingan. Metodika kabineti xodimlarini ko'p yillik ish stajiga ega, oliy toifali, o'z fanining fidoiysi hisoblangan malakali kadrlar bilan ta'minlash muhim bo'g'in hisoblanadi. Metodika kabineti xodimlari barcha fan yo'nalishlari bo'yicha maktablar metod birlashmasi va shoxobchalar ishini tashkil qilish, ular faoliyatiga rahbarlik qilish, ilg'or pedagog tajribalarni o'rganish, ommalashtirish va axborot bankini tashkil qilish, o'qituvchilar malakasini oshirish ishlarini rejalashtirish, nazorat qilish, iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga tayyorlash, tajriba-sinov maydonchalaridagi ishlarga bevosita raharlik qilish, hisobotlarni tayyorlash, Yil o'qituvchisi, Eng yaxshi fan o'qituvchisi, Yil tarbiyachisi ko'rik tanlovlarda faol ishtirok qilish, matbuot orqali ta'lim sohasidagi yangiliklarni o'rganish va ommalashtirish, turli xil o'quv va amaliy seminar kengashlar, praktikumlarni muntazam o'tkazish ta'lim muassasalariga yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standartlari, modernizatsiya qilingan o'quv dasturlari bo'yicha o'tkazilayotgan sinov ishlari jarayonida faol qatnashishlari kerak, metodik ishlarda ilmiy izlanishlarga asoslanib amaliyotda ilg'or tajribalarni o'rganish, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.19 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: doc