Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risida, Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida, Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida, Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida, Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risidagi Qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida va Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi qarorlari va umumetirof etilgan ma'naviy-axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari umumta'lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilari umumiy o'rta ta'lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari (keyingi o'rinlarda - jamoa a'zolari) hamda o'quvchilari, ularning ota-onalari (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar)uchun ishlab chiqildi. 4-ta bob Ta'lim muassasasining har o'quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.o'z elektron platformasida shakllantirilishi 30 ta band: 1-bob. Umumiy qoidalar 2-bob. Jamoa a'zolarining qoidalarga rioya qilishi 3-bob. Rag'batlantirish va chora ko'rish tartibi 4-bob. Yakuniy qoidalar Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari 1. Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari (keyingi o'rinlarda - qoidalar) umumiy o'rta ta'lim muassasasi rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda o'quvchilari, ularning ota-onalari (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) uchun muassasadagi ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o'zaro munosabatlarida odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me'yorlariga qo'yiladigan talablarni belgilaydi. Ushbu qoidalar umumiy o'rta ta'lim muassasasida (keyingi o'rinlarda - ta'lim muassasasi) ta'lim va tarbiyaning o'zaro uyg'unligini ta'minlash, o'qituvchi mavqeyining daxlsizligini etirof etish, do'stona muhitni yaratish, o'quvchilar tomonidan o'quv dasturini muvaffaqiyatli o'zlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan. Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar 2. Mazkur qoidalar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufidagi umumta'lim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi o'quv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega. 3. Qoidalarning maqsadi ta'lim muassasasida sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, o'quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta'lim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, o'quvchilar sog'lig'ini saqlash, ta'lim muassasasi mulki, o'quv jihozlari va xodimlar xavfsizligini ta'minlashga imkon beradigan do'stona ish muhitini yaratishdan iborat. 4. Qoidalar ta'lim muassasasi jamoa a'zolarining ta'lim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashg'ulotlar paytida, ta'lim va tarbiya bilan bog'liq tadbirlarda o'zlarini tutishini tartibga soladigan qoidalar to'plami hisoblanadi. 5. Mazkur qoidalar talablari ta'lim muassasasi jamoa ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.42 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
312.42 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: pptx