Umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturi «O'zbekiston davlati va huquqi» Reja: 1. Umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturi. 2. Umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturining maqsadi. 3. O'zbekiston davlati va huquqi o'quv fanining vazifasi. 1. Umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi, O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinishi davlat ta'lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko'rsatish mexanizmini ishlab chiqish, yangi dasturlari, rejalari, darsliklarni joriy etishni bugungi kunning dolzarb vazifasini qilib qo'ydi. O'zbekiston Respublikasi ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 1998yil 13 maydagi O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risidagi qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomga muvofiq umumiy o'rta ta'lim dasturlari umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari bilan belgilanadi. Maktabning o'quv tarbiyaviy ishi, jumladan, huquqiy ta'lim a madaniyatni yuksaltirish ham O'zbekiston Respublikasi Halq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tayanch o'quv rejasi va umumiy o'rta ta'lim dasturlari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatni fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lida dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamoqda. Demokratik huquqiy davlatni barpo etish uchun yuksak huquqiy tafakkur, huquqiy madaniyat ustivorligi zarurdir. Bunga erishishda yoshlarning huquqiy jihatdan bilimli bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturida bu dolzarb muammoni hal qilish, halqning huquqiy madaniyatini oshirish uchun qabul qilingan qonun va qonuniy hujjatlarning mohiyatini aholiga, ayniqsa, kelajagimiz bo'lgan yosh avlodga tushuntirish, chuqurroq yetkazish zarurligi yuksak huquqiy ma'naviyat - demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligi ifodasi ekanligi takidlangan. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biriga aylangan bugungi kunda umumta'lim maktablarida Davlat va huquq asoslari fanining o'qitilishini yuqori darajada ko'tarishda ushbu o'quv fanidan tuzilgan o'quv dasturi yoshlarning huquqiy ta'lim va tarbiyasini takomillashtirishdagi vazifalarni bajaradi. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida takidlaganidek, huquqiy ta'lim tizimida mazkur tajriba, uning natijalari chuqur tahlil etilib, eksperimentator o'qituvchilar, mutaxassislarning xulosalari hisobga olinib, ta'lim andozalari, Davlat va huquq asoslari fani o'quv rejasi va dasturi mazmunini islohatlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda, yangi avlodni qaror toptirishga qaratilgan zarur tuzatishlar kiritildi hamda takomillashtirildi. Ushbu dasturni bugungi kun talabi darajasida o'quvchilar ongiga yetkazish yuqori malakali, huquqiy bilim va madaniyatli, fidoiy o'qituvchilarga hamda ularning zamonaviy yangi pedagogik texnologiyani egallaganlik darajalariga bog'liq. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O'zbekiston ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:48:07
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.05 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:48 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.05 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: doc