Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni

Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni Reja: Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni asoslari. Biologik ta'limning maqsad va vazifalari. Biologik ta'lim komponentlari. O'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan biologik bilimlar minimumi. 1.Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni asoslari. Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim mazmuni hozirgi davrdagi biologik fanlar rivojlanish darajasini o'zida aks ettirishi zamon taqozosidir. O'quvchilar uchun biologik o'quv materialini tanlash biologiya o'qitish metodikasida nihoyat murakkab masalalaridan biri sanaladi. U maktab o'qituvchilari, pedagoglari, biolog olimlar hamkorligida hal etiladi. O'quvchilar uchun ta'lim mazmunining tanlashni qiyinligi ilmiy axboratning benihoyat ko'pligi va tez o'sishi bilan uzviy aloqador. Keyingi davrda biologiya tobora tez rivojlanayotgan mustaqil fanlar tizimidan iboratligi malum bo'lib qoldi. U botanika, zoologiya, fiziologiya, anatomiya, morfologiya, genetika, tsitologiya, antropologiya, embriologiya, paleontologiya, mikrobiologiya, gidrobiologiya, biogeografiya, biotexnologiya, bioetika, bioestetika, evolyutsion ta'limot va boshqa xususiy fanlar majmuasidan tashkil topgan. Biologiya fanining bunday tez rivojlanishi bir tomondan organizmlarning turli jihatdan o'rganish, ikkinchi tomondan hayotning har xil darajalarini tadqiq qilish bilan bog'liq bo'lsa, uchinchi tomondan biologiyaning tabiyotshunoslikning boshqa - xususan matematika, kibernetika, ximiya, fizika sohalari bilan integratsiyasi bilan tushuntiriladi. Biologiya fanining tabaqalanishi va boshqa tabiiy fanlar bilan hamkorlik qilishi yangi-yangi axborotlarni to'planishiga sababchi bo'loqda. Hujayra organoidlarining ultrastruktura tuzilishi, funksiyasi, hujayraning kelib chiqishi to'g'risida simbiogenez nazariyasi, nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasi, irsiyat va o'zgaruvchanlikning moddiy asoslari, politipik tur, populyatsiyalarning, ekologik genetik tuzilishi, kariosistematika, hayot tuzilishining turli darajalari to'g'risidagi bilimlar biologiyaning XX asrdagi yutuqlari sanaladi. Biologiya fanida to'plangan bilimlar, axborotlar hajmi nihoyatda ko'p va xilma-xil. O'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologiya fani to'plagan barcha axborot va bilimlarni tabiiy ravishda o'quvchilarga berib bo'lmaydi. Shunga ko'ra ular orasidan o'quvchilarning yoshi hamda o'qitishning hozirgi zamon maqsad va vazifalariga mos bo'lgan bilimlar majmuasini tanlab olish zarur. Tanlab olingan bilimlar majmuasi umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida davlat, jamiyat, shaxs ehtiyojiga mos bo'lishi, hamda jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotini va fan texnika rivojlanishini o'zida ifoda qilishi va ta'lim berishda ko'rsatilgan maqsad vazifalarini amalga oshirishga safarbar qilingan bo'lishi lozim. 2. Biologik ta'limning maqsad va vazifalari. Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlaridagi biologik ta'lim umumiy pedagogik jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida ta'limning umumiy maqsadlariga muvofiq o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlanishiga, tarbiyalanishiga yo'nalgan bo'ladi. Umumiy o'rta ta'lim o'quv yurtlarida biologik ta'lim vazifalari qo'yidagilar bo'lib: o'quvchilarni asosiy biologik tushunchalar, yetakchi g'oyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, nazariyalar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish; tirik tabiat uning taraqqiyot tufayli organizmlarda paydo bo'lgan moslanish mexanizmlari haqida ma'lumot berish; o'quvchilarni organizmlarning hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:20 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.9 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga