Umumiy o'rta ta'limning Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fani bo'yicha davlat ta'lim standartining mohiyati va maqsadi Reja: Kutilayotgan natija Milliy istiqlol g'oyasi bo'limi Ma'naviyat asoslari bo'limi Ta'limni standartlashtiriladigan turlari. Tinglovchilarning UUTDTS bo'yicha qabul qilingan hujjatlar bilan tanishtirish, ularga Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslarifani bo'yicha DTSning mazmun yo'nalishi , tuzilishi, ta'lim mazmunining majburiy minimumlari haqida tushuncha berish, ularning DTS haqida nazariy bilim va ko'nikmalarini takomillashtirish. Davlat talablari: Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari mutaxassisligi bo'yicha Umumiy o'rta ta'lim DTSlari mohiyati-mazmunini va ular aosida tuzilgan o'quv-dasturuini bilish. Reja: UUTDTS bo'yicha qabul qilingan hujjatlar tavsifi. Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari fanining maqsadi. Standartning tuzilishi. T'alim mazmunini negizini belgilovchi ko'rsatkichlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvarda Uzluksiz ta'lim tizimi uchun DTS ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida gi 5-sonli qarori qabul qilingan edi. Qaror ta'lim mazmunini tubdan isloh qilish, tayyorlanayotgan kadrlar sifatining chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar talablariga shuningdek ta'lim, fan texnika va texnologiyalar rivojlanishining ilg'or jahon darajasiga muvofiqligini ta'minlash maqsadida DTS to'g'risidagi Nizom tasdiqlanganligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo'yicha Respublika komissiyasi huzurida ta'limning tegishli turlari bo'yicha DTS loyihalarining huquqiy va texnik ekspertizasi bo'yicha ekspert guruhi tashkil etilganligi belgilangan. 1-ilovada DTS to'g'risidagi nizom, 3- ilovada ta'lim muassasasi ustavini ishlab chiqish tartibi berilgan. Shuningdek, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, XTV davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi, ta'lim muassasalariga ega bo'lgan vazirliklar, idoralar bilan birgalikda DTS to'g'risidagi nizomga muvofiq ta'limning tegishli turlari uchun DTS ishlab chiqishi hamda o'rta ta'limda 199-200 yillarda o'rta maxsus, kasb hunar ta'limida 199-200 yillar, oliy ta'limda 1998-99 o'quv yilida tugallangan holda bosqichma-bosqich joriy etishligi belgilangan edi. 2004 yil 21 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat Umummilliy Dasturi to'g'risidagi 3431-sonli farmoni qabul qilindi.Unda belgilab berilgan asosiy yo'nalishlardan biri yangi tahrirdagi DTS va o'quv dasturlarini takomillashtirish hisoblanadi. Ta'limni standartlashtiriladigan turlari. DTS ta'limning quyidagi turlari belgilanadi: umumiy o'rta ta'lim , shu jumladan boshlang'ich ta'lim o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi (akademik litsey, kasb hunar kollejlari) oliy ta'lim( bakalaviriat, magistratura) Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi. Prezident I.A.Karimov o'zining O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XIV sessiyasida O'zbekiston XXI asr4ga intilmoqda mavzusidagi ma'ruzasida ta'limda davlat standartlarini sinovdan o'tkazish va joriy etish bo'yicha mutassaddilar oldiga quyidagi vazifalarni qo'ygan edi . Yangi o'quv yili boshlangunga qadar mazkur tajriba qanday o'tayotganligini chuqur tahlil etib, ta'lim andozalari, o'quv rejalari va dasturlari mazmuniga islohotlarning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.27 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.27 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: doc