Umumiy ta'lim maktabi o'quvchilarining jismoniy tarbiyasi Reja: 1.O'quvchi jismoniy tarbiyasining asosiy shakllari va mashg'ulot formalari 2.O'rta maxsus hunar kasb litseylari umumta'lim maktablarining o'quvchi yoshlarini harakatga o'rgatish va mashg'ulotlarda jismoniy sifatlarning rivojlantirish, ta'lim jarayonlarining prinsiplari 3.O'quvchilar jismoniy tarbiyasining o'quv ishlari shakli 4.Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga ko'yilgan talablar 5.Jismoniy tarbiya darsini tashkillash va o'tkazishning usuliy asoslari 6.Jismoniy tarbiya darsning mazmuni «Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayoni biz pedagoglardan maktabda ishlash uchun jismoniy tarbilning asosi nimalardan iboratligi, uning mazmuni, tashkil qilinishini, bolalarni harakatga o'rgatish megodikasini bilishni talab qiladi». Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi. O'quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi. Umumiy vazifalar - bilim berish, jisman tarbiyalash va sog'lomlashtirishdan iborat bo'lib, xususiylari esa jismoniy tarbiyadan Davlat ta'lim standarti dasturidagi maxsus vazifalar tarzida xal kilinadi. Xususiy vazifalarga quyidagilar kiradi: 1) o'quvilar organizmining sog'ligini mustahkamlash, rivojlantirish va chiniqtirish; 2) turli xildagi mehnat faoliyatiga tayyor bo'lish uchun shu yoshga xos bo'lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish; 3) hayot uchun kerakli harakat malakalari va ko'nikmalarini rivojlantirish va keyinchalik kerak bo'ladiganlari bilan qurollantirish; 4) o'quvchilarga jismoniy madaniyatga oid yangi bilimlarni berish; 5) o'quvchilarni jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanishiga qiziqtirish va unga odatni shakllantirish; 6) o'quvchilarni jismoniy madaniyat faollari qilib tarbiyalash va bu bilan ularda tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashdek vazifalarni hal qiladi. Bu vazifalar ma'naviy tarbiyaning elementlari hisoblangan axloqiy ruhiy estetik va mehnat tarbiyalarining vazifalari bilan birgaliqda o'quvchilarni yoshini ulg'ayishi, jisman tayyorgarligiga karab o'qitishning ayrim etaplarida anikliklar kiritiladi va maktab yoshining quyidagi 3 xil guruhidagi ta'lim tarbiya ishlarida hal qilinadi. Maktab yoshining 6 (7), (10) 11 yoshlilarda (1-4 sinflar) organizmI tabiiy rivojlanishida bo'ladi. Biz uni garmonik rivojlanishini yo'lga qo'yishimiz kerak bo'ladi. Markaziy nerv tizimidagi boshqarish funksiyasi, harakat tayanch apparati faoliyati ishini, yurak-tomir, nafas olish organlari ishini yanada rivojlantirishga etibor beriladi, bulardan tashqari qomatni to'g'ri tuta bilishga o'rgatiladi. Bu jarayonga shaxsiy gigiyena qoidalariga oid bilimlar ko'shib berish bilan tarbiya jarayoni yo'lga qo'yiladi. 12-15 yoshlilarda (5-9 sinflar) jismoniy mashqlar o'sayotgan yosh organizmga samarali ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlanishiga quly imkoniyatlar ochilgan bo'ladi. Jismoniy tarbiyaning jismoniy bilimlar berish vazifasi hayotda uchraydigan harakat malakalarini ratsional texnikasi bilan tanishtirish (gimnastika, yengil atletika, sport o'yinlari, zelosipedda yurish va sport taktikasi)ga oid oz bo'lsa ham nazariy tushuncha berishdir. Bu davrda bolalarni «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testining talablari va normalarini topshirishga tayyorlash yo'lga qo'yiladi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish natijasida sport mahoratini oshayotganligini, jismoniy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.81 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.81 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: doc