Umumiy ta'lim maktablaridagi mehnat ta'limining mazmuni R Ye J A : Umumiy ta'lim maktablari oldidagi mehnat ta'limi fanining vazifasi. mehnat ta'limi mazmunini belgilashdagi o'ziga xos xususiyatlari. mehnat ta'limi fanining mazmuni. Davlat standarti bo'yicha mehnat ta'limi fanining mazmuni. mehnat ta'limi o'qituvchini tayyorlash jarayonida kator didaktik vazifalar xal kilinadi. bUlarning eng muhimlaridan biri maktabdagi mehnat ta'limi vazifalarini, maktab dasturlarini mazmunini, ularning g'oyalari va tashkiliy prinsiplarini ochib berishdan iborat, chunki maktabdagi mehnat ta'limining vazifasi xam, maktab dasturining mazmuni xam uzgarib turadi. Fan-texnika revolyutsiyasining rivoji, bozor iqtisodi sharoiti buni takazo qiladi. mehnat ta'limning vazifalari bilan mazmuni murakkab didaktik bog'liqlikda bo'ladi. mehnat ta'limining vazifalari turli darajada kuyiladi va xal kilinadi. Birinchi (oliy) darajada mehnat ta'limi maktab sistemasining elementi sifatida, yani umummaktab vazifalarini bajarish vositalari sifatida karaladi. Umummaktab vazifasiga o'quvchilarga odamiylik, komil insoniylik fazilatlarini shakllantirish kiradi. Bu vazifani bajarish uchun jamoatchilik o'quv predmetlarini vazifasi hisoblanadi. ta'limni unumli mehnat bilan kuyish, politexnik ta'lim, mehnat tarbiyasi, o'quvchilarni kasbga yo'llash kabi vazifalar kupchilik o'quv fanlari mehnat ta'limi bilan birgalikda xal kilinadi. Bu vazifalarni xal qilishda mehnat ta'limi muhim rol uynaydi. Ikkinchi darajali vazifalarga mehnat ta'lim doirasida xal kilinadigan vazifalar bo'lib, umummaktab tarkibiga kiradi, lekin o'ziga xos vositalar bilan amalga oshiriladi. Masalan : texnik ijodiyotini rivojlantirish, tajriba ishlarida katnashish, maktab sharoitida asosan mehnat ta'limi jarayonida va shu ta'lim asosida tashkil qilingan sinfdan tashqari ishda sodir bo'ladi. Materiallarga ishlov berish mashinalariga xizmat ko'rsatish v xoka'zolarga doir amaliy bilim va malakalarni shakllanishi haqida xam shuni aytish mumkin. Ustaxonalardagi mashg'ulotlar mehnat koibiliyatini oshiradi. mehnat ta'limi jarayonida jismoniy faoliyat aqliy faoliyat bilan omuxtalashadi. Buyumlarni konstruksiyalash jarayonida esa o'quvchilarni qobiliyatlari aqliy rivojlanishga imkoniyat beradi. mehnat ta'limining g'oyaviy-siyosiy, axloqiy tarbiya uchun ahamiyati katta. Ijtimoiy-foydali narsalar yaratib, unumli mehnatda katnashib, o'quvchilar uzlarini ishlab chiqarish katnashchilari deb hisoblaydilar. Mulkka, mehnat kishilarga bo'lgan munosabat, xurmat kila boshlash, ulardan namuna olishga harakat kiladilar. Mulkka nisbatan ongli munosabat boshlanadi, mehnat kishilarni xurmat qilish, ulardan namuna olishga harakat kiladilar. mehnat ta'limi jarayonida estetik tarbiya uchun sharoitlar yaratadi. Agar o'quvchilar chiroyli buyumlar yasashsa, jamiyatga foyda keltirganlaridan ma'naviy konikish hosil kiladilar va estetik zavk xam oladilar. mehnat ta'limining mazmuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni belgilangan vazifalarga ko'ra belgilanadi. Lekin fakatgina birinchi darajali vazifalarni etiborga olibgina o'quv dasturi mazmunini belgilab bulmaydi, unga xos xususiyatlar xam hisobga olinadi. Masalan : ta'limni unumli mehnat bilan birga qo'shishni ta'minlash zarurligini maktabdagi o'qitish mazmuniga, jumladan mehnat ta'limi mazmuniga kator talablar kuyadi : 1.o'quvchilarni amaliy faoliyati imkoniyatga karab unimli mehnatni o'z ichiga olish kerak. 2. o'quvchilarni unumli mehnat ularning o'quv faoliyatiga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.87 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.87 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:20 ]
Arxiv ichida: doc