Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari

Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari - rasmi

Material tavsifi

Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari Reja: 1. Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari. 2. «Tanishuv» Umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitilishida tarbiyasi qiyin bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berish usullari. Maktabda musiqa madaniyati fanini o'qitilishida eng muhim vazifalaridan biri bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarga badiiy tarbiya berishdir. Badiiy tarbiya - bola shaxsini shakllantirishda, uning estetik qarashlarini rivojlantirishda va san'at olamini his qilishda muhim rol o'ynaydi. Faqat badiiy did orqaligina bola go'zallikni his va idrok etishi va nafosat tuyg'usini o'stirishi mumkin. Badiiy ta'lim va tarbiya berish vazifasi, ayniqsa keyingi yillarda o'zgacha mazmun va yo'nalish kasb etdi. Musiqa darslarida badiiy ta'lim berish orqali biz o'quvchilarda san'at asarlariga nisbatan kuchli qiziqishlarni vujudga keltiramiz. Bu esa ehtiyoj bilan chambarchas bog'langan. Bilimga bo'lgan ehtiyoj qiziqishni boshlab keladi. O'quvchi san'at asarini qanchalik chuqur anglashga ehtiyoj sezsa, undagi qiziqish darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. Qiziqish va ehtiyoj o'quvchilarda yuksak emotsional munosabatlarni shakllantiradi. Ayniqsa, musiqa san'atiga nisbatan yuksak emotsional munosabatlarni tarkib toptirmasdan turib, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarda badiiy tarbiyani amalga oshirib bo'lmaydi. Yuksak emotsional munosabat esa musiqa asarini to'g'ri idrok etishga yordam beradi. Atoqli kompozitor va pedagog D.B. Kabalevskiy iborasi bilan aytganda, o'quvchilarni «emotsional tarzda qiziqtirmay turib, haqiqiy san'atga o'rgatish aslo mumkin emas». Badiiy tarbiya san'at asarining mohiyatini to'g'ri anglab etishdan boshla-nadi. Shunga ko'ra o'qituvchi har bir san'at asarining badiiy qiymatini to'g'ri tushuntira olishi, undagi o'ziga xos xarakterli xususiyatlarni o'quvchi ko'z o'ngida gavdalantira bilmog'i lozim. O'quvchilarda badiiy tarbiya samaradorligik eng avvalo ulardagi ijodiy faollik darajasi bilan chambarchas bog'langan. O'quvchi qancha mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatsa, faollik darajasi shuncha yuqori bo'ladi. Kuzatishlar shu narsani ko'rsatyaptiki, ko'p hollarda musiqa darslarida o'quvchilarning mustaqilligi chegaralanadi. Natijada bu, ijodiy faollikning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ko'p hollarda o'quvchilar faqat o'qituvchiga ergashibgina harakat qiladilar. Musiqa darslarida biz ko'proq o'qituvchining aktiv faoliyatiga duch kelamiz. O'quvchi esa passiv tinglovchiga, u yoki bu topshiriqni bajaruvchiga aylanib qoladi. Maktabda musiqa ta'limi - qo'shiq kuylash, musiqaning elementar nazariyasi hamda musiqa tinglash qismlaridan iboratdir. Musiqa tinglash bo'limi o'quvchilarning musiqaviy bilim va badiiy taassurotlarini kengaytirish, ma'naviy, axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun real imkoniyatlarga ega. Musiqa tinglash qismini tashkil etishida o'qituvchilar quyidagi elementlarga asoslanadi: Asarni tinglash (zamonaviy texnika vositasida). Musiqani idrok etish Musiqa asarining tahlili (asar to'g'risida taassurot). Musiqa asarini takror tinglash. Bu elementlarning barchasi ta'lim jarayonida bir-biri bilan bog'lanib boradi va musiqa asarini chuqur idrok etishga yordam beradi. Shuning uchun musiqa ta'limining bosqichlarini qo'llashda o'qituvchi o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.79 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.79 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga