Urug' va danak mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Urug' va danak mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

O'quvchilarga / Pedagogika
Urug' va danak mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari - rasmi

Material tavsifi

Urug' va danak mevali daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: 1.Urug' mevali daraxtlarning kasalliklari. 2.Danak mevali ekinlari kasalliklari. 3.Meva ekinlari kasalliklariga qarshi qo'llaniladigan tadbirlar tizimi 4. Kesilgan yog'och kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari 1.Urug' mevali daraxtlarning kasalliklari. Kasalliklar urug'li meva ekinlarining maxsuldorligi va mevalarining sifatini keskin pasaytirib yuboradi, ular hosilli daraxtlarning, ba'zan butun massivning nobud bo'lishini keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur ekinlarning eng xavfli va ko'p tarqalgan kasalliklariga parsha, qora rak, meva chirishi, sitosporoz, un shudring, barglarning dog'lanishi va boshqa bir qancha zamburug''lar qo'zg'atadigan kasalliklar kiritiladi. Ayrim joylarda bakterial, virusli, shuningdek yuqumsiz kasalliklarning (xloroz, rozetkasimonlik va b.) xam tarqalishi kuzatiladi. Olma va nokning parsha (kalmaraz) kasalligi Kasallik xamma joyda tarqalgan, ammo namligi yuqori xu-dudlarda kuchli zarar keltiradi. Barg, novda va mevalar kasallanadi. Barglarda yashil-zaytunrang baxmalsimon g'ubor bilan qoplanuvchi dumaloq qo'ng'ir dog'lar paydo bo'ladi Dog'larning o'lchami 2 dan 13 mm gacha o'zgaradi, bu bargning yoshi, navning chidamliligi va ob-havo sharoitlariga bog'liqdir. Eng yirik dog'lar chidamsiz navlarning yosh barglarida va seryog'in ob-havoda kuzatiladi. Olmada g'ubor odatda barglarning ustki tomonida, nokda esa ostki tomonida hosil bo'ladi. Zararlangan barglar vaqtidan ilgari quriydi va to'qiladi. Mevalarda parsha to'q zaytunrang baxmalsimon g'ubor bilan qoplangan, ingichka xoshiya bilan keskin chegaralangan dog'lar ko'rinishida paydo bo'ladi. Mazkur joylarda yuqorigi hujayra qatlami po'kaklashadi, bu esa patogenning to'qimaga chuqurroq kirib borishiga barxam beradi. Biroq zararlangan joyning po'kaklashishi mevaning bir tekis o'sishiga to'sqinlik qiladi va zararlangan joylarda yoriqlar paydo bo'ladi. hosil tez-tez tuman tushib turuvchi sernam obhavoda yig'ib olinganda mevalarda juda mayda jigarrangqora dog'lar ko'rinishidagi kechki parsha yuzaga keladi. Kasallik ayniqsa saqlashda to'liq yuzaga keladi. Novdalarning zararlanishi po'stloqda kichik shishlarning paydo bo'lishi bilan ajralib turadi, keyinchalik ular yoriladi va po'stloq mayda to'qiluvchi yoriqlar bilan qoplanadi. Novdalar o'sishdan to'xtaydi va ko'pincha ularning nobud bo'lishi kuzatiladi. Parsha ko'pincha gul, mevabandi va bargbandida xam rivojlanadi, bu barglar va tugunchalarning vaqtidan ilgari to'qilib ketishini keltirib chiqaradi. Ba'zan olmada parsha kurtak qobiqlarida xam uchraydi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Dothideales tartibiga mansub xaltali zamburug''lar: olmada - VenturiainaequalisWint., nokda - Ventu-ria pirina Aderh. Morfologik jihatdan mazkur zamburug''lar bir-biridan deyarli farqlanmaydi, ammo biologik xususiyatlari jihatidan ular tor ixtisoslashgan, ya'ni oziqlanadigan o'simligiga moslashgan. Shu bois olma parshasi nokni, nokniki esa olmani zararlamaydi. Parsha qo'zg'atuvchisining xaltali davri bahorda qishlab chiqqan zararlangan barglarda hosil bo'ladi. Barg mezofillasi-ning zararlangan joyi atrofida kuzdayoq ko'p sonli o'tkir tuk-chalar bilan qoplangan, og'izcha orqali yuzaga chiqib turuvchi psevdotetsiylar shakllanadi. Odatda xar bir parsha dog'i atro-fida bir nechta psevdotetsiy yuzaga keladi. Ularning xar biridan bahorda 120-200 ta to'qmoqsimon-silindrsimon ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 53.51 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga