Uslubiy rahbarlikning predmeti va madaniy ma'rifiy faoliyatini madaniy muassasalarda rejalashtirish Reja Uslubiy rahbarlik predmeti. Madaniy ma'rifiy muassasalar ishini rejalashtirish. Madaniy ma'rifiy muassasalar ish faoliyati. Reja yaqin muddatda yoki ma'lum davr ichida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni oldindan belgilash,bajarilishiga alohida e'tibor qilish imkoni beradi. Barcha madaniy ma'rifiy muassasalari ish faoliyatida kupgina umumiylik bo'lib. Bu ishni rejalashtirish aniklik kiritiladi. Bu esa kuyidagicha: 1. Madaniy-ma'rifiy muassasalarida olib boriladigan barcha ommaviy siyosiy hamda madaniy-ma'rifiy ishlar mustaqil Respublikamizning moddiy texnika bazasini shakllantirishga, xalq moddiy farovonligini oshirishga barcha mehnatkashlar yuksak g'oyaviylik va vatanga sadokat ruhida, mehnatga va ijtimoiy taraqqiyotga ongli munosabatda bo'lishga kishilar ongidagi salbiy fikrni batamom tugatishga kishilar ongini o'stirish va Yangi odamni tarbiyalashga karatilmogi lozim. 2. Reja tuzish vaqtida Respublikamizning ichki va tashqi siyosatiga O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi sessiyasi materiallari, Prezidentimiz karor va farmonlari hukumatimiz karorlarini shuningdek O'zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyat hokimligi, Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, shahar va tuman hokimligi, madaniyat va sport ishlari bo'limlari ko'rsatma va tadbirlariga amal qiladi. 3. Madaniy-ma'rifiy muassasasining ish faoliyatini to'g'ri va maqsadli rejalashtirish uchun muayyan hudud aholini fikr mulohazasini, kizikishini talab istagini hamda usha hududda tashkilot korxona, xo'jalik va muassasalarni mahalliy sharoitini chuqur urganmogi shart. 4. Madaniy-ma'rifiy muassasasi ishini rejalashtirishda xizmat kursatadigan aholining kizikishi va hududiga karab madaniy ehtiyojlari, yoshi, millati, jinsi, kasbi va boshqa xususiyatlari albatta inobatga olinadi. 5. o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarning rang barang kizikarli va xilma xil bo'lishiga, ularni tashkil etishda madaniy-ma'rifiy ishning turli va usullardan foydalanish, yangilarini ijod etish, ushbu tadbirlarni o'tkazishda texnika vositalaridan oqilona foydalanish kabi masalalarga alohida e'tibor beriladi. Reja tuzish katta tashkilotchilik va tashabbuskorlikni talab kiladigan muhim ishdir. Shuning uchun reja tuzishda madaniy-ma'rifiy muassasalari kengashi a'zolari, faollar, turli soha mutaxassislari keng jalb kilinadi. Reja madaniy ma'rifiy muassasasalar mudiri (madaniyat uyi, madaniyat saroyi direktorlari) tomonidan tuziladi. Ushbu reja keng jamoatchilik, madaniy-ma'rifiy muassasalar kengashi va faollar yigilishida muxokama kilinadi. Bildirilgan fikr va mulohazalarni hisobga olib tuzatishlar kiritilgandan sung tasdiklash uchun shahar, tuman hokimligi madaniyat va sport ishlari bo'limlari yoki markaziy madaniyat uyiga havola kilinadi. Madaniy-ma'rifiy muassasasida yillik, choraklik, oylik, hamda ayrim ommaviy hamda siyosiy tadbirlaga bagishlangan rejalar bo'ladi. Yillik ish reja yangi yil kirmasdan oldin tuziladi va tasdiklanadi, rejada bajariladigan ishlarning umumiy soni tadbirlarning nomi o'tkazish muddati va joyi maskur ishlarni bajaradigan shaxslar kursatiladi. Reja tuzishda tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur buladigan barcha imkoniyatlar albatta hisobga olinishi kerak. Yillik ish reja albatta so'z boshi va bo'limlar bo'yicha tuziladi. Yillik ish rejada quyidagi bo'limlar bo'lishi shart. Ommaviy siyosiy ishlar. mehnat tarbiyasi axloq ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.71 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:21 ]
Arxiv ichida: doc