Uy-ro'zg'or madaniyati va unga tegishli ta'mirlash ishlarini bajarish ko'nikmalarini shakllantirish metodikasi . . Reja: DTS da o'quvchilar egallashlari shart bo'lgan hayotiy ko'nikmalarning mezonlari. Mehnat ta'limi bo'yicha o'quv dasturida o'quvchilarga hayotiy ko'nikmalarni singdirish. Uy-ro'zg'or madaniyati va yuritish asoslari. Uy-ro'zg'orda ta'mirlash ishlarini turlari va o'quvchilarga yetkazish metodikasi. O'quvchilarni har tomonlama barkamol shaxslar bo'lib shakllanishlari uchun ularga mehnat turlari, kasblar haqida bilim berish, ularda dastlabki mehnat ko'nikmalari va malakalarini, mehnatga qiziqish va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o'rgatish kabi hayotiy ko'nikmalar shakllantiriladi. Uy-ro'zg'or ishlari, uy tutish madaniyati, turmushda mayda ta'mirlash ishlarini bajarish, ularni mustaqil hayotlarida, kundalik turmushda uchraydigan mehnat turlari va vositalari bilan tanishtirish mehnat ta'limi mashg'ulotlarining barcha yo'nalishlarida singdirib boriladi. DTS da takidlanganidek, boshlang'ich (1-4) sinflarda uy-ro'zg'or madaniyatidan o'quvchilar quyidagi bilim ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: axloq va qiyinish me'yorlarini bilish; uy tutishni bilish; mehmonlarga, atrofdagilarga mulozamat ko'rzata olish; dasturhon tuzatishni bilish; uy-ro'zg'or ishlarini bajara olish; duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o'g'ilbolalar uchun); oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun); bozor, sotuvchi, haridor kabi tushunchalarni bilish. Umumiy o'rta ta'lim (1-9 sinflar) yakunida o'quvchilar mehnat ta'limiga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: uy tutish madaniyati (uyni did bilan bezatish, ro'zg'or tutish, madaniyatli qiyinish) ko'nikmasiga ega bo'lish; uy ro'zg'or elektr asboblari va gazdan havfsizlik qoidalari ga rioya qilgan holda foydalana olish; sodda duradgorlik ishlarini bajara olish (o'g'il bolalar uchun); kundalik turmushda zarur bo'ladigan bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun); pazandachilik mahoratini egallash; oila iqtisodiyoti (oila byudjeti, kirim-chiqim, oila mehnat taqsimoti, oilaviy ishlab chiqarishni tashkil etish) ko'nikmalariga ega bo'lish. DTS talablari asosidagi mehnat ta'limi dasturida yuqorida aytib o'tilgan talablarni bajarishga katta etibor berilgan. Mehnat ta'limining barcha yo'nalishlarida o'quvchilarga hayotiy ko'nikmalar singdirib boriladi. Masalan: Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo'nalishi bo'yicha o'quvchilar uy ro'zg'or ishlarini, kiyim-kechaklarga qarash. remont ishlarini bajarish, dastuhon tuzash, bezash, mehmonlarni kutib olish va madaniyatli xizmat qilish, mazali taom tayyorlashni bilish, elektr, gaz asboblarini ishlata bilish, oila byudjetini ishlata olish, supurish, deraza oinalarini tozalash, changlarni tozalash, deraza pardalarni tuta olish, ekinlarni, chorva mollar va parrandalarni parvarish qilishni o'rgatish ko'rsatilgan. Yog'och metallaga ishlov berish texnologiyasi yo'nalishida asbob va uskunalardan havfsizlik texnika qoidalariga muvofiq foydalana olish, uy ro'zg'orda uchraydigan remont ishlarini bajara olish; eshikni, shkaflarni, deraza romlarini, mebellarni ta'mirlash, duradgorlik yoki chilangarlikka oid sodda ishlarni bajara olish, qulf, oshiq-moshiq, Shponkalit, eshik va rom tutqichini o'rnata olish, romga oyna solish, uyni ta'mirlash, devor va shiftni, polni bo'yash,dizaynerlik ishlarini bajarish ko'nikma va malakalarni egallashlari lozim bo'ladi. Yuqoridagilar bo'yicha bilim, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.78 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.78 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:21 ]
Arxiv ichida: doc