Uzluksiz ta'lim tizimi ta'limning yagona tizimi

Uzluksiz ta'lim tizimi ta'limning yagona tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Uzluksiz ta'lim tizimi ta'limning yagona tizimi - rasmi

Material tavsifi

Uzluksiz ta'lim tizimi ta'limning yagona tizimi Reja: O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimi va uning qoidalari. O'zbekiston Rempublikasida ta'limning yagona tizimi. (ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy) Uzluksiz ta'lim tizimi va turlari. O'zbekiston Respublikasida xalq ta'limi tizimi va uning qoidalari. Xalq ta'limi tizimi deganda aniq maqsadni ko'zlab mamlakat yoshlariga ta'lim tarbiya beriladigan muassasalar tushiniladi. Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlaktlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruvchi hamda malum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta'lim tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. Xalq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasida, yani 18-41-moddalarida ko'rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi va millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatiy nazar bilim olish huquqiga ega. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi davlat tomonidan kafolatlanadi. O'zbekiston hududida azal-azaldan ta'lim-tarbiya sohasiga katta etibor berilgan. Sharq pedagoglari bolalarni o'qishga qiziqtirish uchun kitobdagi voqealarni qush va hayvonlar tilidan himoya qilar edilar. Masalan, «Qobusnoma», «axloqi Muhiniy», «Kamila va Dimna» kabi asarlaridagi naql-rivoyatlarga odob-axloq qoidalari singdirib yuborilgan. 1991 yilning 31 avgustida Respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi: Istiqlol elon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribalaridan kelib chiqib, eng birinchi navbatda, mustaqil Respublikamizning xalq ta'limi sohasida islohat o'tkazish masalasi ko'tarildi. Nihoyat O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi Qonuni ta'lim tiziining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar joriy etildi va bajarilishi majburiy deb qayd qilindi. Bu qoidalar quydagilar: ta'lim tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratikligi. Buning mohiyati shundaki, bizdagi barcha xalq ta'limi tizimiga kiruvchi muassasalarda berilayotgan ta'lim va tarbiya insonlarning moddiy va ma'naviy kamolatini, aql-zakovatining o'sishini, o'zligini bilish xaqhuquqlari uchun kurashadigan vatanparvar bo'lib ketishlarini maqsad qilib qo'yadi. ta'lim tizimining uzluksizligi va izchilligi. Mustaqil O'zbekistonimizda Xalq ta'limi muassasalarida berilayotgan ta'lim va tarbiya uzluksiz o'zaro bog'liqdir. ta'lim jarayoni o'quv rejasi va dasturi asosida tizimni, izchil olib boriladi. Davlat ta'limi tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi Respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalaridadunyoviy bilimlar beriladi. U ilmiy asoslarga ega bo'lib, fan texnika taraqqiyotining eng yangi muvafaqiyatlari va inson aql-zakovati tufayli takomillashib boradi. ta'limda umuminsoniy va milliy ma'naviy qadriyatlarning ustivorligi. Barcha ta'lim tarbiya maskanlarida berilayotgan bilim ajdodlarimizning ming yillar mobaynida shakllangan an'analariga tayanadi. DTS lari qoidasida hammaning ta'lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi. Qonunning 4-moddasida takidlanganidek O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, tili, yoshi, irqi, millati, turar joyi, Respublika hududida qachondan beri yashayotganligidan qatiy nazar, barchaning ta'lim olish uchun teng huquqlari kafolatlanadi. Tayanch ta'limning majburiyligi. Mamlakatimizda 1930 yilda boshlang'ich, 1949 yilda etti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 71.15 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga