Uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlod shaxsni tarbiyalash texnologiyasi

Uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlod shaxsni tarbiyalash texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlod shaxsni tarbiyalash texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

uzluksiz ta'lim tizimida barkamol avlod shaxsni tarbiyalash texnologiyasi Reja: Kirish Asosiy qism I. Bob O'zbekistonda uzluksiz ta'lim 1.1. Mustaqil O'zbekistonda ta'limning uzluksizligi va izchilligi 1.2. Ta'lim mazmunini shakllantirish 1.3. Davlat ta'lim standartlari 1.4. O'quv rejalari va dasturlari I. Bob O'zbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar 2.1. Uzluksiz ta'lim milliy modelining tashkil etish hamda rivojlantirish yo'nalishi va chora tadbirlari 2.2. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zarurati. 2.3. Uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish bosqichlari Xulosa Mustaqil O'zbekistonda ta'limning uzluksizligi va izchilligi Uzluksiz ta'lim tizimi Uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta'lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari Ta'lim to'g'risidagi qonunga muvofiq belgilanadi. Ta'limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi. Butun dunyoda ko'zga ko'ringan olim va mutaxassislar, jahondagi mashhur o'quv yurtlari, nufuzli xalqaro tuzilmalarning rahbarlari va vakillari ishtirokida O'zbekistonda shakllangan ta'lim tizimini isloh etish modeli va uni amalga oshirish bo'yicha to'plangan tajribaning muhokama qilinishi biz uchun yuksak sharafdir. Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soxadir. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi: Maktabgacha ta'lim; Umumiy o'rta ta'lim; O'rta maxsus,kasb-hunar ta'limi; Oliy ta'lim; Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim; Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; Maktabdan tashqari ta'lim; Milliy modelning uchinchi komponenti - uzluksiz ta'lim; Yosh avlod tarbiyasida davlat siyosatining o'rni Istiqlol yillarida navqiron avlod vakillarining ta'lim-tarbiyasi, ularning ma'naviy kamoloti masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu yo'lda qator maqsadli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni har tomonlama yetuk, intellektual salohiyatli va o'z mustaqil fikriga ega shaxs sifatida voyaga yetkazish pirovard maqsadimizdir. Istiqlol sharofati bilan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi Ta'lim, ijtimoiy muhofaza, sog'liqni saqlash kabi sohalarda qabul qilingan davlat hamda umummilliy dasturlar bu yo'nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish va jadallashtirishda muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda har yili yangidan-yangi o'quv dargohlari, tibbiyot muassasalari, sport-sog'lomlashtirish majmualari barpo etilib, eng zamonaviy jihozlar, texnik uskunalar bilan ta'minlanayotir. Pedagoglar, murabbiy va tarbiyachilar, tibbiyot xodimlarining kasbiy mahoratini yuksaltirish, mehnatini har taraflama rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash barobarida, yurtimizda ota-ona mehridan mahrum, alohida e'tiborga muhtoj bolalar va nogironlarni tarbiyalash, ularning bilim olishi, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun katta e'tibor ko'rsatilayotgani xalqaro miqyosda ham e'tirof etilmoqda. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi va uning mazmunan mohiyati Rеspublikamizda mustaqillik yillarida qabul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 791.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 791.8 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga