Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim tarbiya jarayonini modernizatsiyalashtirishning asosiy yo'nalishlari Uzluksiz ta'lim - o'zaro mantiqiy izchillik asosida bog'langan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit ta'lim tizimi.O'zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri. 1997-yil 29 avgustda qabul qilingan Ta'lim to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida qayd etilgan. Uzluksiz ta'lim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri (qarang Ta'limning milliy modeli), O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi, shaxe, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratadi. Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasbhunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limni o'z ichiga oladi. Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari kuyidagilardan iborat: ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining 1darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi; ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlatjamiyat tizimiga o'tilishi; ta'limning insonparvarlashuvi - inson krbiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga bo'lgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrofmuhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urfodatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saklab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning qar tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shartsharoitlar yaratish. Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta'lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta'limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta'limning barcha turlariga bo'lgan munosabat o'zgardi. Ta'lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e'tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo'lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta'lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
270.2 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:21
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
270.2 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:21 ]
Arxiv ichida: pptx