Uzluksiz ta'lim tizmi institut tarixi va tuzilmasi

Uzluksiz ta'lim tizmi institut tarixi va tuzilmasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Uzluksiz ta'lim tizmi institut tarixi va tuzilmasi - rasmi

Material tavsifi

Uzluksiz ta'lim tizmi institut tarixi va tuzilmasi Reja: 1. Uzluksiz ta'lim tizimining fan taraqqiyotidagi o'rni. 2. Institut taraqqiyotining qisqacha tarixi 3. Fakultetlar, dekanatlar, kengashlar,va kafedralar. 4. Rektor. Institut ilmiy kengashi. Tayanch iboralar. uzluksiz ta'lim tizimi, Ta'lim, Fakultetlar, dekanatlar, kengashlar, kafedralar, ilmiy kengashi, kadrlar, professor-o'qituvchilar. Uzluksiz ta'limning faoliyat ko'rsatish prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta'lim va yuksak intellektning nufuzi; ta'limning demokratlashuvi, ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi; ta'limning insonparvarlashuvi, inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi; ta'limning ijtimoiylashuvi ta'lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish; ta'limning milliy yo'naltirilganligi ta'limning milliy tarix, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash; ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi; iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Uzluksiz ta'lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi: ta'lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o'qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta'lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish; ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta'lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta'lim va kasb-hunar ta'limi dasturlarini tubdan o'zgartirish; majburiy umumiy o'rta ta'limdan ,o'rta maxsus kasb-hunar ta'limiga o'tilishini ta'minlash; maxsus kasb-hunar ta'limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o'quv muassasalarini vujudga keltirish; ilg'or texnologiyalarni keng o'zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar, chet el investitsiyalari ko'lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog'liq yangi kasb-hunar va mutaxasisliklar bo'yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlarning ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta'lim muassasalarini mintaqalashtirish; ta'lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma'naviy-axloqiy, intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish; ta'lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish tizimini yaratish va joriy etish; ta'lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa tarzdagi resurslar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.23 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.23 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga