Uzluksiz ta'lim. Ta'lim mazmunini shakllantirish

Uzluksiz ta'lim. Ta'lim mazmunini shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Uzluksiz ta'lim. Ta'lim mazmunini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Uzluksiz ta'lim. ta'lim mazmunini shakllantirish. Davlat ta'lim standartlari va dasturlari.ta'limda uzviylik va uzluksizlik R e j a 1. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining yagonaligi va uzluksizligi. 2. Uzluksiz ta'limini tashkil etish va rivojlantirish prinsiplari. 3. ta'lim turlari va ta'lim mazmuni. 4. DTS ta'lim mazmunining ko'zgusidir. 5. O'quv reja va o'quv dasturlar Mamlakatimizda qabul qilingan ta'lim to'g'risidagi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amaliyotga joriy etishdan asosiy mushtarak maqsad har tomonlama mukammal, komil inson, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir. Shu maqsadda Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta'lim sohasida tub islohotlardan biri bu uzluksiz ta'lim tizimidir. Uzluksiz ta'limining maqsadi insonning faqat zakiylik quvvati, intellektual imkoniyatini shakllantirish va boyitishdangina iborat emas. Uzluksiz ta'lim o'qitish va tarbiyaning uzviy birligi sifatida shaxsni shakllantirish jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Ushbu tizimda har bir odamni ijtimoiy ehtiyojni dolzarbligi va istiqbolini hisobga olgan, birgalikda va muvofiqlantirilgan holda tarbiyalash umumta'lim maktablarida isloh etilgan ta'lim va kasbiy ta'limga tayyorlash masalalarining yechimini ta'minlaydi va bunda insonning butun hayoti davomida o'z-o'ziga, ta'limga, har tomonlama garmonik taraqqiyotga bo'lgan intilishini qondiradigan yo'nalishda bo'lishi lozimligi belgilanadi. Pedagog B.S.Germunskiy uzluksiz ta'limining yagona tizimining yaratish va uni takomillashtirish muammosi o'quv fanlarining umumiy xarakterga ega ekanligini takidlagan holda, uning o'zaro bog'langan to'rtta asosiy yo'nalishini ajratib ko'rsatadi. Birinchi yo'nalish - ta'lim tizimining an'anaviy tarkibiy qismlarining (maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, kasb ta'limi, o'rta maxsus va oliy ta'lim, malaka oshirish va qayta tayerlash) qamrab oladi. Ikkinchi yo'nalish - xalq universitetlarida, o'quv axborot markazlarida, turli kurslarida,semenarlar va klublarda o'qish, ishlash va yashash joylarida ta'lim va mustaqil ta'limning jamoatchilik shakllarining jadal rivojlanish jarayonini aks ettiradi. Uchinchi yo'nalish - har bir kishining shaxsiy qobiliyati, manfaati va moyilligini to'liq va har tomonlama aniqlash,faqat faoliyatining muayyan ko'rinishlarida ularni rivojlanish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga qaratilgan kasbga yo'naltirish bo'yicha yagona davlat va jamiyat tizimining yaratish, hamda uni takomillashtirish zaruriyatini hisobga oladi. To'rtinchi yo'nalish - o'z ahamiyatiga ko'ra eng muhim yo'nalishlardan biri bo'lib, u uzluksiz pedagogik ta'lim va mustaqil ta'limning yagona tizimi bilan bog'liqdir. Mamlakat xalq ta'limi tiziminining hamma bug'inlarini birinchi galda kadrlar bilan ta'minlashga ham miqdor, ham sifat jihatidan yo'naltiriladi. Uzluksiz ta'lim tushunchasi ko'p qirralidir. Bu yerda shaxs hayoti faoliyatining hamma bosqichlarida uning rivojlanishi haqidagi qoidalar dastlabki asos sifatida mujassamlanadi. Har bir yoshdagi odamda o'ziga xos taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati mavjuddir. Bunda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish uzluksiz ta'limning bosh maqsadi bo'lib xizmat qiladi. Uzluksiz ta'lim konsepsiyasi yohud uning g'oyasi, shaxs mavjudligining, uning o'z-o'zini tashkil etishning maxsus moddasidir. (346) Tabiiyki, bu hol shaxsning o'zida takomillashishiga yo'naltirilgan ichki omilning bo'lishini taqozo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.61 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga