Valeologiya sohalari (yo'nalishlari)

Valeologiya sohalari (yo'nalishlari)

O'quvchilarga / Pedagogika
Valeologiya sohalari (yo'nalishlari) - rasmi

Material tavsifi

Valeologiya sohalari (yo'nalishlari) Malumki, ilm dunyosida ko'plab fanlar bir-birini o'zaro to'ldiradi va o'zaro yaqin. Shu bilan birga ular o'ziga xos aniq xususiyatlari va yo'nalishlariga ega. Huddi shunday valeologiya fani ham o'zining metodologik asoslariga, muammolariga ega. Ushbu fan boshqa fanlarning xususiy masalalariga yangicha nuqtai nazaridan yondoshadi va hamda valeologiyaning o'z ham differensiallashuv xarakteriga ega. Yani olimlarning o'ziga hos qiziqishlarini aks ettiruvchi turli sohalari yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda valeologiyaning quyidagi asosiy yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: Umumiy valeologiya fanlar yoki bilimlar sohasi sifatida valeologiyaning metodologik asoslarini o'zida aks ettiradi. U valeologiyaning inson haqidagi fanlar tizimidagi o'rni, predmeti, metodlari, maqsad va vazifalari, tarixiy rivojlanishini aniqlab beradi. Bundan tashqari ushbu fanda insonning bioijtimoiy tabiati va uning sog'liqni ta'minlashdagi o'rni haqida gap boradi. Umumiy valeologiyaga valeologiya faninig tanasi sifatida qarash mumkin, chunki undan valeologiyaning tarmoqlari, sohalari ajralib chiqadi. Tibbiy valeologiya sog'lomlik va nosog'lomlik o'rtasidagi farqlarni aniqlaydi hamda ularni tashxis etadi; sog'liqni tashqi ta'sirlardan himoya qilish va kasalliklarning oldini olish usullarini o'rganadi; aholi va alohida ijtimoiy guruhlarning sog'lomlik darajasini baholash mezonlari va metodlari hamda kaslliklarni boshlanishidayoq bartaraf etish uchun inson organizmining ichki imkoniyatlaridan foydalanish metodlarini ishlab chiqadi; sog'liqqa tahdid qiladigan ichki va tashqi omillarni tadqiq etadi; insonning sog'lig'i va sog'lom turmush tarzini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi. Yosh davrlar valeologiyasi insonning sog'lom rivojlanishining yosh bilan bog'liq o'ziga xosliklarinning, uning turli yosh davrlarida ichki va tashqi muhit omillari bilan o'zaro munosabatini hamda hayotiy faoliyat sharoitlariga moslashuvini o'rganadi. Har bir yosh davrida istalgan organizm tizimining holati aynan shu davrdagi rivojlarishi uchun xos bo'lgan ginetik dasturlarni amalga oshishiga bog'liq bo'ladi. Boshqacha aytganda, sog'lomlik darajasi bahosi va uning alohida ko'rsatkichlari dinamik xarakterda, individidning yil bilan bog'liqlikda amalga oshib borish, aksincha qandaydir o'rtacha namunadagi ummumiy standartlarga bog'liq bo'lmasliklari lozim. Differintsial valeologiya sog'lomlikning individual-tipologik o'ziga xosliklarini, individning ginetik va fenotipik tuzulishini tadqiq etish bilan shug'ullanadi; sog'lomlikni son va sifat o'zgarishlari individual dasturini tuzish metodologiyasini ishlab chiqadi. Kasbiy valeologiya kasbiy testlar o'tkazish va kasbga yo'naltirish muammolari bilan bog'liqlikda shaxsning individual-tipologik xususiyatlarini baholashning ilmiy sohalangan metodlarini yaratish masalalarini o'rganadi. Bundan tashqari u kasbiy omillarning inson sog'lig'iga ta'sir etish xususiyatlarini o'rganadi, ham mehnat faoliyati jarayonida, ham butun hayotiy faoliyat jarayonida kasbiy reabilitatsiyaning metod va vositalarini aniqlaydi. Maxsus valeologiya inson hayoti uchun xavfli, alohida turli ta'sirlardan, inson sog'lig'iga ta'sir etuvchi ekstrimal omillar va ushbu omillarni xavfsizlantirish mezonlarini tadqiq etadi, bunday omillar ta'siri davomida va natijasidan sog'liqni saqlash va qayta tiklash vositalarini aniqlaydi. Maxsus valeologiya Hayot faoliyati xavfsizligi asoslari fani bilan tig'iz bog'liq. Ekologik valeologiya tabiiy omillar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.91 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.91 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga