Vaqtdan unumli foydalanish va taym menedjmenti

Vaqtdan unumli foydalanish va taym menedjmenti

O'quvchilarga / Pedagogika
Vaqtdan unumli foydalanish va taym menedjmenti - rasmi

Material tavsifi

Vaqtdan unumli foydalanish va taym menedjmenti REJA VAQTDAN UNUMLI FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI TAYM MENEJMENTI NIMA BOSHQARUVDA VAQTNI VA MAQSADLARNI REJALASHTIRISH RAHBAR KUN TARTIBINING ASOSIY PRENSIPLARI Vaqt - bu insonga berilgan katta qiymatli va qayta tiklanmas resursdir. Soniyalar, daqiqalar bizni hayotimiz intihosi tomon yo'llaydi. Insonning bajarishi kerak bo'lgan vazifasi, berilgan vaqtdan iloji boricha unumli foydalanib, oliy maqsad tomon yuzlanishdir. Quyida beriladigan tavsiyalar o'ylaymanki, sizga asqotib, vaqtni unumli sarf etishda ko'makchi bo'ladi. Oliy maqsadingizni aniqlab oling. Maqsad - bu inson uchun xuddi mayoq kabidir. Maqsadni aniqlab olgan inson o'ziga berilgan vaqt oz ekanligini tushunishi kerak. Zaxirasida bo'lgan vaqtdan maqsadi tomon olib boruvchi sifatida foydalanishi lozim. 2. O'tmishdan xulosa chiqaring. Tarixni tahlil qiling. Qayerda xato qildim?, Qachon vaqt isrofiga yo'l qo'ydim? degan savollarga javob izlang va xatolarni takrorlamaslikka harakat qiling. Xato qilgan inson emas, balki xatolaridan xulosa chiqarmagan inson ko'proq yutqazadi. 3. Ishlaringizni rejalashtiring. Erta tongda kun davomida qiladigan ishlaringizni rejalashtirib oling. Albatta, kelajakda bo'ladigan ishlarni yuz foiz reja qilish oson emas. Lekin ishlarni umuman tartiblab olmaslik, ishning unumiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. 4. Behuda, foydasiz ishlardan voz keching. Hozirgi axborot asrida insonni chalg'ituvchi narsalar juda ham ko'plab topiladi. Televizor, telefon, ijtimoiy tarmoqlar va shunga o'xshash vositalar ko'p vaqtni havoga sovurilishiga olib keladi, insonni oldiga qo'ygan vazifalarini ado etishdan chalg'itadi. Keraksiz ma'lumotlarni katta hajmda miyaga qabul qilish, ish faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi. VAQT - BU IMKONIYATLAR KALITIDIR. Vaqt tushunchasini talabalar hayoti, amaliy faoliyatining xronometraji tarzida talqin qilib ko'raylik. U bir kunda, haftada qanday ishlar bilan shug'ullanadi, ularga qancha vaqt sarflaydi? Buni uyqu, ertalabki jismoniy tarbiya mashqlari, nonushta, yo'l, darsga qatnashish, tushlik, kechki ovqatlanish, ota-ona va oilaning boshqa a'zolari bilan muloqot, dars tayyorlash, uy ishlari, kitob, gazeta va jurnallar o'qish, sport bilan shug'ullanish, jamoat ishlari, kino, teatr, konsert, muzeylarga borish, televizor ko'rish, internetdan foydalanish, do'stlar bilan uchrashish, bozor va hoka'zolarga qancha vaqt sarflashi, qachon va qanday dam olish orqali aniqlash mumkin. Bu muam­moning to'la yechimi bo'lmasada, har holda yoshlarning vaqtdan unumli foyda­lanishi haqida muayyan tasavvur uyg'otadi. Bugungi kunda o'z sohasida katta yutuqlarga erishgan taniqli insonlar hayoti va faoliyati tahlillari, ular muvaffaqiyatining asosiy kalitlaridan biri - bu vaqtni to'g'ri taqsimlay olganliklarida ekanligini ko'rsatmoqda. Dunyoning katta muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlari o'z vaqtini kelajakda ularga foyda keltiradigan ilm-fanning eng so'nggi yutuqlarini o'rganishga sarflashadi, faoliyatini yanada kengaytirishga kafolat bo'la oladigan barcha yangiliklarga sarmoya tikishadi. Muvaffaqiyatlar darhol sezilmasligi mumkin, uzoq muddatli sarmoyalar samarasi o'laroq, oxir-oqibat, misli ko'rilmagan cho'qqilarni zabt etishadi. Taym menejment haqida tushuncha Vaqtni boshqarish, vaqtni tashkil qilish, taym-menejment (angl. time ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 177.02 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:22 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 177.02 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga