Vatanimiz timsollari davlat ramzlari dars ishlanma

Vatanimiz timsollari davlat ramzlari dars ishlanma

O'quvchilarga / Pedagogika
Vatanimiz timsollari davlat ramzlari dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

MAVZU:Vatanimiz timsollari Mavzuning qisqacha ta'rifi O'quvchilar ongida Vatanimiz timsollari haqida, davlatimiz ramzlari haqida tushuncha hosil qilish O'quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi Metod: aqliy hujum, klaster metodlariShakl: individual va kichik guruhlarda ishlash Vositalar: rasmlar, vatanimiz bosh maydoni aks etgan videotasma, tarqatma materiallar, davlat ramzlari aks etgan rasmlar Nazorat: rag'bat yoki jarimakartochkalari bilan, yig'ilgan kartochkalarni umumlashtirgan holdaBaholash: 5 ballik reyting asosida Kutilayotgan natijalar Dars yakunida o'quvchi biladi (bilim) Timsol so'zining mazmun va mohiyati, Davlatimiz ramzlari-bayroq, gerb, madhiya. Dars yakunida o'quvchi tushunadi (ko'nikma) Rasmiy va norasmiy timsollar mazmun va mohiyati. Dars yakunida o'quvchi bajara oladi (malaka) Davlatimiz ramzlarini ta'riflab bera olish. Yangi mavzu bayoni Vatanimiz timsollari Dunyodagi hamma narsaning ma'no-mazmunini o'zida mujassam etadigan timsoli bor. Jumladan, Vatanning ham timsollari ko'p. Vatanning timsollari rasmiy va norasmiy, tarixiy yoki zamonaviy bo'lishi mumkin. Mamlakatimizning davlat ramzlari bayrog'imiz, gerbimiz va madhiyamiz, shuningdek, Respublika Prezidenti, parlamenti, hukumati, Konstitutsiyasi kabi davlatchilik belgilari rasmiy timsollar hisoblanadi. Chunki ularning har biri Vatanning eng muhim xususiyati - ozodligi va mustaqilligi, davlat suverenitetini ifoda etadi. Rasmiy timsollar Vatanning mustaqil davlatchilik an'analari bi­lan bog'liq. Vatan timsollari xalqni birlashtirib, uni yagona maqsad sari safarbar etib yashashga, har qanday sharoitda ham o'z yurti manfaatlari uchun kurashishga da'vat etadi.O'zbekiston Respublikasining davlat bayroqi 1991-yil l8 noyabr kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari o'tkazilgan yettinchi sessiyasida qabul qilingan. Bayroqdagi moviy rang tiriklik, hayot ifodasi bo'lgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Oq rang tinchlik ramzi, xalqimizning oliyjanob va ezgu intilishlari mujassamidir. Yashil rang esa tabiatning yangilanish ramzi. U qadim-qadimdan navqironlik, umid va shod-u xurramlik timsoli hisoblangan. Bayroqdagi qizil chiziqlar xalqimiz vujudidagi kuch-g'ayrat va qudrat belgisi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 113.88 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:22 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 113.88 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga