Virtual 3D universitet muhitida o'quv jarayonini tashkillashtirish

Virtual 3D universitet muhitida o'quv jarayonini tashkillashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Virtual 3D universitet muhitida o'quv jarayonini tashkillashtirish - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI 5130200-Amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun ABDULLAYEV ALISHER USMONOVICHNING Virtual 3D universitet muhitida o'quv jarayonini tashkillashtirish mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: katta o'qituvchi L.Safarov «Himoyaga tavsiya etilsin» Fizika-matematika fakulteti dekani:prof. A.Tasxatov «» 2016 yil Qarshi - 2016 yil KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlaridan boshlab ijtimoiy-iqtisodiy tizimning barcha sohalarida ijobiy o'zgarishlar yuz bera boshladi. Jumladan, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, bu davlatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda asosiy sektorlardan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan bir qator Farmon va Qarorlari Respublikamiz ommaviy-axborot vositalarida e'lon qilingan. Masalan: «Axborotlashtirish to'g'risida»gi Qonun (O'zbekiston Respublikasi Qonunini №560-II, 11.12.2003 y.), «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi Farmon (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni №PF-3080, 30.05.2002 y.), «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qaror (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori №PQ-117, 08.07.2005 y.), «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qaror (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori №200, 06.06.2002 y.) qabul qilinib amaliyotga tadbiq etildi va etilmoqda. Ushbu sektorlarni yanada rivojlantirishda Respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalaridagi o'qitish tizimlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish yo'lga qo'yilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilish marosimida so'zlagan nutqida «yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili» deya ta'kidlagan edilar. Mustaqil Respublikamizning rivojlanish sharoitida xalq xo'jaligi tarmoqlari va sanoatini bozor iqtisodiyotiga o'tkazishda, ayniqsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va yaratish zaruriyati tug'ilganda, oliy o'quv yurtlarida kasbiy mahoratga va kompyuter savodxonligiga ega bo'lgan mutaxassislar tayyorlash alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun Respublikamizda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Hozirgi kunda o'quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash va o'quv jarayonida uch o'lchovli grafikasi yordamida obyektlarning kompyuter modellarini qurish va kompyuter grafikasi fanini o'rganishda 3D modelini qo'llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kompyuter grafikasining yangi yo'nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Bu tamoyillarga ko'ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida ro'yxatga olish imkoniyati mavjud bo'lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo'ldi. Kompyuterlar funksional imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va tasvirlar animatsiyasini ta'minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunda uch o'lchovli modullarning uch asosiy modellarini ajratish mumkin: sinchli, yuzaki va hajmli. XX asrning 60-yillarida Kompyuter grafikasi fani mustaqil yo'nalish sifatida paydo bo'ldi va buning uchun maxsus amaliy dasturlar paketi ishlab chiqildi. O'sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko'rinmas chiziqlarni o'chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:22 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.07 MB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga