Xalq ertaklarida personajlar tarkibi va talqiniga xos asosiy xususiyatlar O'zbek xalq ertaklari xalq og'zaki ijodining eng go'zal ma'naviy boyligi sanaladi. Ularda ajdodlarimizning badiiy estetik va tarbiyaviy qarashlari, tushunchasi o'z ifodasini topgan, shuningdek, xalqimizning hayot haqidagi eng yaxshi, go'zal orzu-umidlari aks etgan. Bu o'rinda, ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklar alohida diqqatga sazovordir. Hayvonlar haqidagi ertaklar xalq ertaklarining alohida ichki turlaridan biri hisoblanadi. Mazkur turdagi ertaklar boshqa tur ertaklaridan o'ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu farqlilik personajlar tarkibi va talqini, g'oyaviy mazmuni, konfliktlar xarakteri, badiiy - kompozitsion qurilishi, syujet tarkibi, fantastik uydirmalarning o'rni va vazifasi, tili va uslubiy xususiyatlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etishda asar tarkibini ilmiy asosda yaxlit o'rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Bu borada V.P.Anikin, E.V.Pomerantseva, V.Ya.Propp, M.I.Afzalov, K.Imomov, G'.Jalolov, X.Egamov kabi qator yetakchi folklorshunos olimlarning nazariy qarashlari va xulosalaridan kelib chiqish lozim. Ularning bu fikrlari biz tadqiq etmoqchi bo'lgan masalalarning mohiyatini to'g'ri va chuqur anglab etish imkonini beradi. Bu o'rinda dastavval personajlarning funksional tarkibi xususida to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Binobarin, mazkur turdagi ertaklarning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish maqsadi birinchi galda personajlar tarkibini tadqiq etish bilan bog'liq bazi masalalarga oydinlik kiritish vazifasini qo'yadi. Shuni aytish kerakki, ertak personajlarining funksional tarkibi murakkab masala bo'lib, u ertakshunoslikda ichki turlar xususiyatini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Binobarin, personajlarning vazifasiga ko'ra tarkibiy tizim bilan bog'liq masala ertak qahramonlarining syujet yo'nalishida tutgan o'rni, voqelikka munosabati va badiiy ta'siri kabi bir qancha masalalarni qamrab oladi. Shunga ko'ra, personajlarning funksional tarkibi tadqiqini xatti-harakat, holat, xususiyat va munosabatlar dialektikasi asosida tahlil etish maqsadga muvofiqdir. Bu borada taniqli rus folklorshunos olimi V.Ya.Proppning ilmiy - nazariy xulosalari etiborga loyiqdir. U o'zining «Ertaklar morfologiyasi» nomli monografik ishida sehrli ertaklar personajlarining funksional tarkibini ularning harakat doirasiga ko'ra muayyan guruhlarga ajratib tasnif qiladi va har bir guruhni izohiy alomatlariga asoslanib tahlil qiladi. Jumladan, uning kuzatishicha, sehrli ertaklarda personajlarning funksional tarkibi ularning harakat doirasiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1) Qarama-qarshi, zarar etkazuvchi kuchlar harakat doirasi: zararkunandalik yoki xavf solish, qahramon bilan jang qilish yoki turli shakllarda kurash olib borish, taqib qilish kabi vazifalarni qamrab oladi. 2) Inom etuvchi yoki hadya etuvchi qahramonlar quyidagi funksiyalarni o'z ichiga oladi: sehrli vositalarni taqdim etishga hozirlik ko'radi, qahramonga sehrli buyumlar inom etadi. 3) Yordamchi kuchlar harakati. Musibat (faloqat) yoki qashshoqlikni bartaraf etish, og'ir vaziyatlarda yordam berish, taqiblardan himoya etish, mushkul masalani hal etishda ko'maklashish kabi funksiyalarni o'z ichiga oladi. 4) Malika va malika otasining harakat doirasi. Bu quyidagilarni qamrab oladi: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:51:28
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 17:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:51 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.53 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 17:23 ]
Arxiv ichida: doc