Xalq og'zaki ijodi va uning ta'lim-tarbiyadagi samarasi

Xalq og'zaki ijodi va uning ta'lim-tarbiyadagi samarasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Xalq og'zaki ijodi va uning ta'lim-tarbiyadagi samarasi - rasmi

Material tavsifi

Xalq og'zaki ijodi va uning ta'lim-tarbiyadagi samarasi Kirish. Xalq og'zaki ijodi ta'lim-tarbiya vositasi sifatida Qadimgi xalq og'zaki ijodiyotida inson tarbiyasiga oid fikrlar. Xalq og'zaki ijodi namunalarining ta'lim jarayonidagi o'rni. Xalq og'zaki ijodidan foydalanish orqali ta'lim-tarbiyani takomillashtirish. Xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish barkamol shaxsni tarbiyalashda muhim vosita. Xalq og'zaki ijodidan foydalanishning samaradorligi. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Kirish Xalq og'zaki ijodi-mehnatkash omma ijodi, xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, xalq san'atining boshqa turlaridan (musiqa, raqs, o'yin, tasviriy va amaliy san'at) o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan og'zaki so'z san'atidir. Har bir xalqning asrlar ideasini aks ettirgan boy og'zaki so'z san'ati bo'lganidek, o'zbek xalqining ham og'zaki adabiyoti durdonalari mavjud. Mehnatkash ommatomonidan og'zaki yaratilib, xalqning talantli vakillari ijrosida sayqal topib, avloddan-avlodga o'tib qolayotgan badiiy asarlar o'zbek xalq ijodini tashkil etadi. Bugungi kunda ta'lim sohasida olib borayotgan - islohotlar ta'lim qonuni , Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko'rsatilayotganidek, kelajagimiz bo'lgan o'quvchi-yoshlar , Prezidentimiz aytganimizdek, Inson uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o'zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Qadimgi xalq og'zaki ijodiyotida inson tarbiyasiga oid fikrlar Hozirgi o'zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo'lib, ular yuksak va o'ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqkatli yo'lni bosib o'tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urugchilik davriga kelib, xo'jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o'z ichiga olgan davrgacha bo'lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Ajdolarimiz tomonidan qo'lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta'lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o'rin olgai. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha etib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san'at namoyandalarining ijodiy merosi, san'at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir. Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud qoshgariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: Ye.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo'minov, B.afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.qayumov, N. Mallaev, N.Rahmonov, pedagog- olimlar O'.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi. Eng qadimgi davrlarda yo'lga qo'yilgan ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz yana xalq og'zaki ijodi namunalari: afsonalar, qahramonlik eposlari, qo'shiqlar, maqol va iboralarda ilgari surilgan g'oyalardan ham olishimiz mumkin. Chunki xalq donishmandligining yorqin namunasi bo'lgan xalq og'zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo'lgan tarbiya tajribalari umumlashgan. Ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan amal qilingan urf-odatlar, ijtimoiy munosabatlari mazmuni xalq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 461.33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 17:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 461.33 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga